Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Yosh bosqichlari va chegaralari


Download 1.53 Mb.
bet92/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

13.2. Yosh bosqichlari va chegaralari


Gerontologiya fanida XX asrning 60-yillarida taniqli gerontolog B.Strexler tomonidan ko’rsatib o’tilgan, keksayishning to’rtta asosiy mezoni ommaviylik kasb etgan:

  • keksayish, kasallikdan farq qilib, universal jarayon hisoblanadi, har qanday tirik jonzot uning hukmiga bo’ysunishga majbir;

  • keksayish, o’sib boruvchi uzluksiz jarayon hisoblanadi;

  • keksayish har qanday tirik organizmning hossasi;

  • keksayish degenerativ o’zgarishlar bilan kechadi.

XX asr boshida nemis fiziologi M.Rubner quyidagi yosh tasnifini yoqlaydi, unda keksalikning boshlanishi 50 yosh, xurmatga loyiq keksalik esa 70 yoshdan boshlanadi. 1963 yilda gerontologiya muammolariga bag’ishlangan xalqaro seminarda, odam ontogenezining kechki pallasida uchta xronologik davrni aks ettiradigan tasnif qabul qilinadi:

  • o’rta yosh (45 yoshdan 59 yoshgacha);

  • keksalik yoshi (60yoshdan 74 yoshgacha);

  • qarilik yoshi (75 yosh va undan katta yosh). Uzoq umr ko’radiganlar alohida toifaga ajratiladi (90 yosh va undan katta yosh).

13.3. Gerontogenezning biologik jihatlari
Gerontopsixologiya(grekcha. geron(gerontos) — keksa, keksa odam) – yosh psixologiyasining tarmog’i bo’lib, keksa va qarilik yoshidagi kishilardagi psixik jarayonlarga xos bo’lgan xususiyatlarni, xulqini va shaxs sifatida ro’y beradigan o’zgarishlarni tadqiq etadi. So’nggi yillarda sinonim sifatida “psixogerontologiya” va “hayotning kechki davri psixologiyasi” atamalari ham qo’llanilmoqda.
Gerontopsixologiya umumiy va ijtimoiy psixologiya, shu bilan birga keksalik yoshidagi odamning tibbiy-biologik va ijtimoiy aspektlarini o’rganuvchi gerontologiya bilan uzviy bog’liqdir. Gerontopsixologiyaning asoschisi amerikalik olim Stenli Xoll(1846-1924) hisoblanadi, Xoll 1922 yilda keksayish jarayonini psixologik tahlil qilishga bag’ishlangan “Keksalik” asarini chop etadi.
Yosh psixologiyasining alohida tarmog’i sifatida gerontopsixologiya 20 asrning o’rtalaridan boshlab rivojlana boshladi. Gerontopsixologiyaning asosiy vazifasi, keksalarga ruhiy ko’mak berish usullari hamda vositalarini ishlab chiqish hisoblanadi, chunki keksayish yoshida ularning hayotida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi: nafaqaga chiqish, bo’sh vaqtning ko’pligi, o’zining oldingi qiziqishlaridan voz kechish, turmush o’rtog’ining vafoti, do’stlari va yaqinlarini yo’qotish, jismoniy quvvatning kamayishi tufayli qaramlikning yuzaga kelishi, yolg’izlik hissining paydo bo’ishi va boshqalar. Keksayish tabiiy jarayon sanaladi, lekin ayrimlar undan qorquvga tushadi, qanday yo’l tutishni bilmaydi.
Gerontopsixologiya ana shunday ruhiy to’siqlarga barham berishga yordam ko’rsatadi. Aynan keksalik yoshida odamlar dunyo bo’ylab sayohatga chiqadilar, o’zlari uchun yangi taasurotlarni kashf etadilar, chunki endi ularning vaqti yetarli darajada bo’ladi. Ayrim keksalarning fikriga ko’ra, ular haqiqiy hayotni endi boshlashadi. Shunday qilib, gerontopsixologiya keksalik yoshidagi odamlarni quvonchli lahzalarga boy, to’laqonli va faol hayotga qaytaradi.
Gerontopsixologiya fanida gerontogenezning evolyutsion omillari qatoriga I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlarni kiritadi.
D.Bromley insonning keksayish davomiyligi uchta bosqichdan iborat bo’lishini ta`kidlaydi:

  • «ishdan, hizmatdan uzoqlashish» (iste`fo) 66-70 yosh;

  • keksalik (70 va undan katta yosh);

  • munkillagan keksalik (hasta keksalik va o’lim) -110 yosh.

I.V.Davidovskiy «Keksayish nima?” nomli asarida ta`kidlaganidek, inson 50-60 yoshga to’lgan yoki undan oshgan chog’ida yetuklikning kechikkan davriga kirib keladi. Ushbu yoshdagi odamlarni, XVIII asrdagi tengdoshlari bilan solishtirib ko’rilsa, ularning yashash va mehnat qilish imkoniyati 75 yoshgacha uzayganligini kuzatish mumkin bo’ladi.
Jamiyat taraqqiyotida inson omilining yuksalishi, hamma narsa inson manfaatlari uchun xizmat qilayotgan hozirgi davrda odam 60 yoshga to’lib, undan oshgan chog’ida keksalik davriga kirib keladi. Shu yoshdagi odamlarning yashash va mehnat qilish imkoniyati 75-80 yoshgacha uzayishi mumkin, chunki hozirgi kunda, biologik keksayish yoshi, ruhiy ulg’ayishdan ilgarilab ketgan. Bu hol aqliy mehnat bilan shug’ullangan ziyoli odamlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. I.V.Davidovskiyning fikricha, uzoq umr ko’ruvchilar asosan faol, harakatchan odamlar bo’lib, ochiq havodan erkin nafas olishni juda yoqtiradilar, organizm faoliyatiga daxldor kasalliklardan holi bo’ladilar.
G.Leman o’z tadqiqotlarida turli sohalardagi mutaxassislar faoliyatini tahlil qilib, ularning o’ziga xos xususiyatlarini atroflicha ifodalagan. Masalan, frantsuz rassomi Klod Mone 50 yoshda 86 yoshigacha ijodiy quvvatini sira bo’shashtirmay, sermahsul mehnat qilgan. Uning ijodida hech qanday tushkunlik ro’y bermagan.
Muallif hind yozuvchisi R.Tagorning ijodiyotini tahlil qilib, uning ijod cho’qqisi 69 yoshda bo’lganini aniqlagan (yozuvchilar ijodiyot cho’qqisi 34 yoshda, 43 yoshda ham uchraydi). R. Tagorning 25 yoshida yozgan «Kelin» she’ri bilan 78 yoshda yozgan «Sarob» asari o’rtasidagi o’xshashlik va ustunlik chuqur ifodalangan. G. Leman bastakor I. S. Bax (1685–1750) ijodiyotini tekshirib, uning durdona asarlari keksalikda yaratilganini aniqlagan.
Keksalik davrining yana bir xususiyati boshqa kishilarga, umuman begonalarga ham xayrixohlik bildirishdir. Ana shu yuksak insonparvarlik hissi tufayli ular yer yuzidagi jamiki inson zotiga yaxshilik tilaydilar.
Keksalarimizdagi rahmdillik, poklik, orastalik, muloyimlik, samimiylik singari tuyg’ularning ifodalanishi boshqa yosh davridagiga aslo o’xshamaydi. shuning uchun dono xalqimizda «qari bilganni – pari bilmas», – degan naql bor.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling