Amaliy mashg’ulоt № 16 (2 soat)
MAVZU: Takrorlash while operatori.
MASHG’ULOTNING MAQSADI: Algoritm va dasturlashni o`rgatish.
MASHG’ULOTNING JIHОZI: Ko’rgazmali material: kompyuterning xotira qurilmalari.
MASHG’ULOT O’TISH VОSITASI: Pentium IV kоmpyuterlari (qo’shimcha qurilmalari) bilan jihоzlangan kоmpyuter sinfi.
MASHG’ULOTNING BОRISHI:
a) Guruhning va xоnaning darsga tayyorligini aniqlash.
b) Yo’qlama qilish.
c) Avvalgi mashg’ulоtlarda o’tilganlarni takrоrlash bo’yicha suhbat o’tkazish: o’tilgan mavzularni qisqacha takrоrshlash.
g) Yangi mavzuning bayoni: Takrorlash while operatori bilan ishlashni o`rgatish.
d) Kоmpyuter xоnasida mashg’ulоt оlib bоrish.O’rganganlari ustida mashq qilish.
e) Dars yakuni: Mustaqil ish uchun individual topshiriqlarni berish.
Amaliy mashg`ulot bayoni:
while takrorlash operatori
while takrorlash operatori operator yoki blokni takrorlash sharti yolg`on (false) bo`lguncha takror bajaradi. U quyidagi sintaksisga ega:
while () ;
Agar rost qiymatli konstanta ifoda bo`lsa, takrorlash cheksiz bo`ladi. Xuddi shunday, takrorlash boshlanishida rost bo`lib, uning qiymatiga takrorlash tanasidagi hisoblash ta`sir etmasa, ya`ni uning qiymati o`zgarmasa, takrorlash cheksiz bo`ladi.
while takrorlash shartini oldindan tekshiruvchi takrorlash operatori hisoblanadi. Agar takrorlash boshida yolg`on bo`lsa while operatori bajarilmasdan cheklab o`tiladi.
Ayrim hollarda qiymat berish operatori ko`rinishida kelishi mumkin. Bunda qiymat berish amali bajariladi va natija 0 bilan solishtiriladi (0 – yolg`on). Natija noldan farqli bo`lsa, takrorlash davom ettiriladi.
Xuddi for operatoridek, ‘,’ yordamida da bir nechta amallar sinxron ravishda bajarish mumkin. Masalan, son va uning kvadratlarini chop qiladigan programmada shu holat ko`rsatilagan:
#include
int main()
{
int n,n2;
cout<<”Sonni kiriting(0..10):_”;
cin>>n;
n+=1;
while(n-=1, n2=n*n, n>0)
cout<<” n=”<
return 0;
}
Programma n sonini kamayish tartibida 1 gacha, n soni va uning kvadratini chop qiladi. SHunga e`tibor berish kerakki, shart ifodasida operatorlarni yozilish ketma–ketligining ahamiyati bor, chunki, eng oxirgi operator takrorlash sharti hisoblanadi. Programmada n qiymati 0 bo`lganda takrorlash tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |