Imo-ishoralar verbal vositani to’la kompensatsiya qilganda ham, verbal
vositaning izi – artikulyatsiyasi seziladi. Bundan imo-ishoraning ma’lum nutq
vaziyati taqozosi bilan fikr ifodalash vazifasida qo’llanilishi vaqtincha – fakultativ
ekani ko’rinadi. SHuning uchun nutq birliklari vazifasida kela oladigan substitutiv
xarakterdagi
paralingvistik
vositalarning
vazifa
doirasi
cheklanganligini
unutmaslik lozim. Muloqotda hatto sukut ham noverbal informatsiya vositasi
sifatida ishtirok etadi va situativ, sotsial hamda psixologik faktorlarga bog’liq
holda o’ziga xos kommunikativ mazmun ifodalaydi. Masalan, Sukut alomati –
rizo. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib muloqot inson psixologiyasi va
fiziologiyasi bilan chambarchas bog’liq hodisadir, har qanday nutq tafakkur bilan,
tafakkur esa ruhiyat bilan bog’liqdir degan xulosaga keldik. Tanani ruh boshqarib
turadi. Demak, ruhga ta’sir har qanday narsa nutqqa ham ta’sir etadi. Jumladan,
paralingvistik muloqot ham inson ruhiy holati bilan uzviy bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: