Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
psixolingvistika.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “...og’ir tabiatli, ulug’ gavdali, ko’rkam va oq yuzli, kelishgan
shaxsiyati birinchi o’rinda turadi, biz hamma narsani faqat u orqaligina qabul
qilamiz va anglaymiz. ” 119 Ijodkorning shaxs sifatidagi o’ziga xosligi nutqiy faoliyatda yaqqol namoyon bo’ladi. Bunda ijodkorning psixologik quroli so’zdir va u orqali shaxsning intellektual faolligi, anglash, xotira va tafakkur kabi psixologik funktsiyalari yuzaga chiqadi. “Badiiy matnda muallif shaxsi ko’p qirrali va turli darajada – tilda, syujetda, mavzuda, g’oyada namoyon bo’ladi”. 120
ya’ni har bir ijodkorning uzoq yillar davomida xayolida yetilayotgan mavzulari bo’ladi. A. Qahhor bu jarayonni yozishga majbur qiladigan holat sifatida baholaydi va bu hol ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish asosida yuzaga kelishini ta’kidlaydi. 121
“Ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish, uning yaxshi-yomon ekanini bilish uchun yozuvchining saviyasi juda-juda baland bo’lishi kerak” 122
ligini uqtiradi. Produtsient individualligi badiiy matnda tasvirlanayotgan muammoda va g’oyada ham namoyon bo’ladi. Borliqdagi har qanday hodisa san’at sohasida tasvirlandimi tamom, u nafaqat borliqdagi ma’nosiga, balki ijodkor ichki dunyosining belgisiga ham aylanadi. 123
SHuning uchun har qanday badiiy matnga, u qaysi millatga, qaysi adabiy-badiiy an’analarga, qaysi madaniyatga mansubligidan qat’iy nazar muallif dunyoqarashi muhrlanadi. Asarning g’oyaviy-tematik mohiyati, muallif yaratgan xarakterlar asosida aniqlanadi (konkretlashadi). Ya’ni asar qahramonlarining yurish-turishi, ruhiy kechinmalari, asar g’oyasining aniq va ishonchli ifodalanishiga xizmat qiladi. Yozuvchi ijod jarayonida o’zining ichki kechinmalariga asoslanmay iloji yo’q.
117 Дмитрюк Н.В. Национально-культурная специфика вербальных ассоциаций: Автореф. канд. дисс. М, 1985. 118
Ингарден Р. Исследования по эстетике. М., 1962. С. 242. 119
Белинский Л.И. Танланган асарлар. Т., “Ўзбекистон” 1995. Б. 134. 120
Тимофеев Л.И. Основы теории литературы. М., 1971, С. 406-407. 121
Қуронов Д. Мутолаа ва идрок машқлари. Т., 2013. Б. 28. 122
Қаҳҳор А. Асарлар. Т., 1989,5-жилд. Б. 66. 123
Цит. по, Белянин В.П. Психологические аспекты художественного текста. М., 1988. С. 20. Asar qahramonining xarakterini, shaxsini ochishda ixtiyoriy yoki beixtiyor o’z his- tuyg’u istak va talablarini tasvirlaydi. Boshqacha aytganda, muallif matndagi ijobiy qahramonga o’ziga yaqin va tushunarli bo’lgan sifatlar beradi, personajlarning hayoti, harakatlari ham muallif nazarida to’g’ri, ayni haqiqat deb tan olingan yo’nalish bo’yicha amalga oshadi. Masalan, Abdulla Qodiriy o’z qahramonlariga quyidagicha ta’rif beradi: Otabek: “...og’ir tabiatli, ulug’ gavdali, ko’rkam va oq yuzli, kelishgan
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling