Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


CHORIZM VA SHO’ROLAR DAVRIDA O’ZBYeK TILSHUNOSLIGI


Download 0.93 Mb.
bet32/42
Sana11.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1698819
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)

CHORIZM VA SHO’ROLAR DAVRIDA O’ZBYeK TILSHUNOSLIGI
RYeJA:

  1. Chor Rossiyasining bosqinchilik siyosati. Rus missionerlarining o’zbek tiliga bag’ishlangan asarlari.

  2. O’zbek ma`rifatlarvarlarining lingvistik qarashlari.

  3. Ilk o’zbek alifbosi haqida.

  4. Behbudiy, A. Avloniy, A. Zohiriylarning tilshunoslikka bag’ishlangan asarlari.

Tayanch tushunchalar: N. Ostroumov, V. Nalivkin, M. Nalivkina, N. Pantusovning o’zbek tiliga bag’ishlangan asarlari; O’zbekistonda ma`rifatparvarlik harakati, ularning ijodi; ilk o’zbek alifbosining yaratilishi; Behbudiy, A. Avloniy, Zohiriy.
XX asr insoniyat tarixida o’zining inqilobiy taloto’plari, texnikaviy taraqqiyoti, kimyoviy yangiliklar, jahon urushlariyu ma`naviy ruhiy tanazzullari bilan ham alohida yuz yillikdir.
Chor Rossiyasining Markaziy Osiyoga qiziqishi Pyotr I davridayoq boshlangan edi. 1724 – 1725 – yillarda tashkil etilgan Rossiya fanlar akademiyasi qoshida 1935 – yildan boshlab gumanitar yo’nalish o’z ishini boshladi. Bu yo’nalishni ochishdan asosiy maqsad Sharq tillarini o’rganish va Markaziy Osiyoga josuslik ishlarini yo’lga qo’yish edi. Chor Rossiyasi Markaziy Osiyoni bosib olganlan so’ng ham rus missioner olimlari mahalliy xalq orasida yurib, mahalliy xalqning noyob durdonalarini, shu jumdadan nodir qo’lyozmalarni Rossiyaga yetkazish bilan muntazam shug’ullanganlar. Ayni paytda ular (N. Ostroumov, V. Nalivkin, M. Nalivkina. N. Pantusov) rus millatiga mansub aholining mahalliy tilni o’rganishlari uchun ikki tilli lug’atlar, til o’rganish uchun qo’llanmalar yaratishni ham yo’lga qo’ydilar.
Ma`rifatparvarlik XIX asrning oxiri va XX asr boshlaradagi jahon xalqlari hayotida yuz berayotgan tarixiy voqealar, ya`ni tashqi ta`sir bilan ham bog’langandir.
Jadidchilik ijtimoiy - ma`naviy tariximizning eng muhim hodisalaridan bo’lib, XIX asrning 90-yillarida maydonga keldi va XX asrning 30-yillari oxirigacha davom etdi. Bu davrda ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, madaniy, axloqiy qiyinchilik ma`naviy - ruhiy o’pirilishlar qanchalik ko’p bo’lmasin, baribir qonida, ruhida ulug’ xislat, fazilat, iste`dod bo’lgan el dunyoga o’z buyuklarini hadya etishdan to’xtamaydi. Shu ma`noda XIX asr oxiri va XX asr boshida yashab ijod etgan Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulda Qodiriy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho’lpon, G’ozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Abdurauf Fitrat, Ishoqxon Ibratlar yelkasida Vatan, millat yuki, g’amiyu dardi, istiqlolning iztirobi qanchalar zalvorli bo’lganini his etamiz. Ularning ko’pchiligi "Chig’atoy gurungi" tashkiloti atrofiga birlashib, o’zbek milliy tili va tilshunosligi taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdilar.
Jadidlar mahalliy aholini asriy uyqudan uyg’otish maqsadida sahna asarlari yozib, teatr san`atini yo’lga qo’yish, yangi maktablar ochish va darsliklar yaratish, matbuot ishini yo’lga qo’yishga asosiy e`tiborlarini qaratdilar. Ularning matbuot tili haqidagi qarashlari diqqatga sazovordir. Barcha shevalar uchun umumiy bo’lgan adabiy tilning shakllanishida matbuotning o’rni beqiyosligini ular to’g’ri anglab yetgan edilar.
Markaziy Osiyoning XX asr boshlaridagi ijtimoiy – siyosiy, madaniy hayotida muhim o’rin egallagan buyuk zotlardan biri Mahmudxo’ja Behbudiydir. Behbudiy dunyoqarashining shakllanishida Rossiya jadidchilik harakatining asoschisi Ismoilbek G’aspralining ta`siri katta bo’lgan. Behbudiy yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar yaratish bilan birga, til va imlo masalalariga ham jiddiy e`tibor qaratdi. Uning “Ikki emas, to’rt til kerak”, “Til masalasi”, “Sart so’zi majhuldir”, “Sart so’zi ma`lum bo’lmadi” singari maqolalarida tilshunoslikka doir qarashlari bayon qilingan. Masalan “Til masalasi” asarida turkiy tillarni arab va fors tillarining ta`siri darajasiga qarab guruhlarga bo’lgan. Fors va arab so’zlarini eng ko’p qabo’l qilgan til usmonli tili ekanini ta`kidlagan.
Abdulla Avloniy ham jadidchilik harakatining yetuk namoyandalaridan biridir. U XX asr boshlarida yangi maktablar ochib, o’quvchilarga savod o’rgatishning yangi texnologiyalarini joriy qildi. shu bilan birgalikda maktablar uchun yangi darsliklar yaratdi. “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” asarlari maktablar uchun darslik bo’lib qolmasdan, olimning til va tilshunoslik haqidagi qarashlarini o’zida aks ettirgan noyob manbalar hamdir. Avloniy til haqida quyidagilarni yozadi: “Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadurg’on oinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmaqdur”. Muallif ijtimoiy – ruhiy til va xususiy, bevosita voqelangan nutqni chiroyli ifodalar bilan quyidagicha farqlaydi: “Umumiy milliy tilni saqlamoq ila barobar xususiy, og’iz orasidagi tilni ham saqlamoq lozimdur”.
20 – 30 – yillar tilshunosligining eng faol vakillaridan biri Ashurali Zohiriydir. U o’z davrining ajoyib ma`rifatlarvar olimi, pedagog va jurnalistidir. A. Zohiriy tilshunoslikning turli masalalariga bag’ishlab qator maqolalar e`lon qiladi. Uning ilmiy faoliyatida o’zbek tilining imlo masalasi markaziy o’rinni egallaydi. 1916 yilda olim “Imlo” kitobini yaratdi. Bu asarda ilk marta arab grafikasi asosidagi o’zbek yozuvida to’g’ri yozish qoidalari, tinish belgilariga oid qoidalar o’z ifodasini topdi.
Ashurali Zohiriy turli fanlarga oid ilmiy atamalarni qat`iylashtirish, buning uchun turkologlar qurultoyini chaqirib, shu qurultoy qarori asosida ish tutish lozimligini ta`qildagan edi. Olim o’zbek imlosini muayyan qoidalarga bo’ysundurish uchun rus olimi Afanas`evning orfografiyaning 5 tamoyili mavjudligi haqidagi fikrini ma`qullaydi, ana shu tamoyillarni o’zbek tiliga joriy qilish kerakligini taklif qiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Chor Rossiyasining Markaziy Osiyoga qiziqishi qachondan boshlangan?

  2. Rus missionerlarining ilmiy faoliyatini qanday baholash mumkin?

  3. O’zbek ma`rifatlarvarlarining ilmiy faoliyati haqida fikr yuriting.

  4. Ilk o’zbek alifbosining yaratilishi haqida fikr yuriting.

Adabiyotlar:
1. Abdulda Avloniy. Tanlangan asarlar. 2 tomlik. T., “Ma`naviyat”, 1997.
2. Qosimov B. Abdulda Avloniy. T., 1979.
3. O’rinboyev B. O’zbek tilshunosligi tarixi. Samarqand, 1999.
4. Nurmonov A. O’zbek tilshunosligi tarixi. T., 2002.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling