Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
So’z ichra Navoiyki jahongir durur
Download 0.93 Mb.
|
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)
So’z ichra Navoiyki jahongir durur,
Munisga maoniy yo’lida pir durur. Boburning tilshunoslik qarashlari. . M. Bobur o’zining "Boburnoma" sida tilshunoslikka yangi nazariyani - uch oilaga kiruvchi bir necha tillarni qiyoslab o’rganish nazariyasini yaratuvchi sifatida ko’zga tashlanadi. Boburning umtilshunoslikka qo’shgan hissasi quyidagilardan iborat: 1. "Boburnoma"da uch oilaga kiruvchi bir necha tilni solishtirib o’rganishning ajoyib namunasini ko’rsatib, dunyo tilshunosligida yang nazariyaning asoschisi sifatida maydonga keldi. Chunonchi Hind – Ovrupo tillari oilasiga mansub bo’lgan hind, fors va afg’on, xom - som tillari oilasiga mansub arab tillarini turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan o’zbek tili bilan qiyoslab o’rgandi. Masalan, Bobur fors - tojik tiliga xos bo’lgan pos so’zini izohlar ekan, sutkaning sakkizdan bir qismini, ya`ni uch soatni bildirishini, posbon so’zi esa posdan xabar beruvchilar ekanligini izohlaydi. Darhaqiqat, -bon (-von) qo’shimchasi asos so’zdan anglashilgan predmet yoki ob`ektga ega shaxs nomini yasaydi. Bu qo’shimcha asl turkiy so’zlar tarkibida kamdan kam uchraydi: "Hind eli kecha - kunduzni bir gari deb turlar, yana kechani to’rt va kunduzni to’rt qismat qilibturlar. Har qaysisi bir pahr deb turlarkim, forsida pos bo’lgay. Ul viloyatlarda pos va posbon eshitilur edi. Bu xususiyat bizga ma`lum emas edi". Bobur so’zlar etimologiyasi sohasida ham o’ziga xos yul tutgan olim. Jumdalan, uning Kashmir nomini izohlashi o’ta diqqatga loyiq:Bu tog’ elini kas derlar. Hindiston eli "shin"ni "sin" talaffuz qiliptur. Chun bu tog’da mu`tabar shahar Kashmirdur... bu jihattin bo’la olurkim, Kashmir demish bo’lgaylar". Demak kas aslida kash bo’lib chiqadi va Kashmir shu tog’dagi qabila nomi bilan bog’liq. 3. Nutq tovushlari tahlili sohasida ham yangi fikrlarni aytgan. Bobur tillardagi tovush xususiyati, ularda bo’ladigan eng kichik jarayongacha jiddiy e`tibor bergan. Shuning uchun norgil daraxti haqida gapirar ekan, arab tilida uning norjil tarzida talaffuz qilinishini yozadi. Haqiqatan, arab tilida g tovushi yo’q. Shunga ko’ra arab tilida bu tovush j ga o’tadi. Bobur uslubiyat va so’z ma`nolari xususida ham alohida yo’l tutgan. U asarlarini sodda tilda yozdi va boshqalarni ham shunday yozishga chaqirdi. Bu haqda Boburning o’g’li Humoyunga yozgan xati xarakterlidir. O’g’lining dabdabali uslubda yozilgan bir xatini tanqid qilib, u shunday yozadi: "Mundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti, ham senta tashvish ozroq bo’lur, ham o’quguchiga". Xullas, Bobur tilshunoslikda yangi nazariya yaratgan yetuk tilshunos olim bo’lgan. Bu uning tovushlar tahlili, grammatik vositalar, lahja va adabiy til munosabati, uslubiyat va so’z ma`nolari haqidagi fikrlarida o’z ifodasini topgan. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: Temuriylar davrida fan – madaniyatning rivoji haqida fikr yuriting. Alisher Navoiyning fors – tojik va turkiy tillarni qiyslash haqidagi fikrlari qaysi asarlarida uchraydi? “Muhokamat ul - lug’atayn”ning yozilish sabablarini qanday izohlaysiz? Alisher Navoiyning falsafiy – lisoniy qarashlarini izohlang. Alisher Navoiy tillarning paydo bo’lishini qanday izohlaydi? Nima uchun Alisher Navoiyni chog’ishtirma tilshunoslikning otasi ataymiz? Alisher Navoiy izohlagan 100 fe`l haqida fikr yuriting. “Muhokamat ul - lug’atayn”da qanday qo’shimchalar haqida fikr yuritilgan? “Boburnoma”da tilshunoslik masalalari haqida qanday ma`lumotlar bor? Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling