Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
ABDURAUF FITRATNING LISONIY QARASHLARI
Download 0.93 Mb.
|
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)
ABDURAUF FITRATNING LISONIY QARASHLARI
RYeJA: Fitratning hayoti va ilmiy merosi. Fitratning tilshunoslikka bag’ishlangan asarlari. “Sarf” asarida fonetika masalalari. “Sarf”da morfologiya masalalari. “Nahv”da o’zbek tili sintaksisining yoritilishi. Tayanch tushunchalar: Fitrat – o’zbek ma`rifatlarvarlik harakatining namoyandasi; Fitratning ilmiy merosi; Fitratning tilshunoslik sohasidagi faoliyati; “O’zbek tili qoidalari to’g’risida bir tajriba”, “Sarf”, “Nahv” asarlarining ilmiy qimmati. Fitrat Buxoro shahrida tug’ildi. Buxoro maktab va madrasalarida o’qib, so’ng Turkiyada Istambo’l universitetida tahsil oladi. Fitrat o’qishni tugatib 1914 yili Buxoroga qaytib keladi. Shundan so’ng jadidchilik harakatiga qo’shiladi. Fitrat 1923-24 yillarda Moskvada Sharq tillari institutida, 1927 yildan boshlab Samarqand pedakademiyasi, Buxoro va Toshkent o’qituvchilar institutlari, O’zbekiston Davlat ilmiy-tadqiqot institugi, O’zbekiston Madaniy qurilish ilmiy-tadqiqot institugi, Til va adabiyot institugi, Fanlar komitetida ishladi. U o’zbek alifbosini lotinlashtirish jarayonida yaqindan ishtirok etdi. Fitrat - shoir, dramaturg, adib, tarixchi, ma`rifatparvar, pedagog, tilshunos, adabiyotshunos, musiqashunos sifatida madaniyatimiz, ma`naviyatimiz tarixida munosib iz qoldirgan shaxsdir. Fitrat tom ma`noda adabiyotshunos va tilshunos sifatida ko’zga tashlanadi. Fitrat o’zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining tarixi hamda nazariyasiga oid bir qancha tadqiqotlar yaratdi. U "Adabiyot qoidalari" (1926), "O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi" (1927), "Eng qadimgi turk adabiyoti" (1927), "O’zbek klassik adabiyotidan namunalar" (1928), "Aruz" (1936) kabi kitoblarning muallifi hamdir. Fitrat tilshunos sifatida o’zbek tilshunosligining shakllanishiga munosib hissa qo’shib "O’zbek tili to’g’risida bir tajriba: Sarf,Nahv”, "Tojik tili grammatikasi" kabi darsliklar, "Adabiyot qoidalari", "Tilimiz" kabi asarlar va lug’atlar yaratgan. Abdurauf Fitrat o’zining darsliklarida grammatika atamasi ikki ma`noda shplatilishini ta`kildaydi. Birinchidan, til qurilishinng tarkibiy qismi bo’lgan grammatik tuzilishini; ikkinchidan, shu grammatik qurilishga xos qonuniyatlarni o’rganadigan fanni bildirishini ko’rsatadi. Grammatika morfologiya (sahv), sintaksis (nahv)dan tarkib topishini ta`kidlab, ularning o’zaro zich bog’langanini ko’rsatadi. Darsliklardagi atamalar, asosan, arabchadir. Fitrat o’zining "O’zbek tili qoidalari to’g’risida bir tajriba" nomli asarida punktuasiyaning tekshirish ob`ekti, o’ziga xos xususiyatlari, semantik va funksional taraqqiyoti haqida ma`lumot beradi. O’zbek tilida tinish belgilarining miqdori va qo’llanish usuli, tinish belgilarining qo’llanish o’rniga, usuliga, tuzilishiga, vazifasiga ko’ra tasnifini berishga harakat qiladi. Xullas, olimning tinish belgilari xususidagi fikri bugun ham o’z kuchida turgan, hattoki zamonaviy tilshunoslik o’zbekcha istilohlarni qo’llashda Fitratdan namuna olsa arziydi. Uslubiyat - tilda mavjud bo’lgan barcha vositalar – leksik, gramatik, fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish zarurligini, ma`lum bir tildagi shakl, so’z va tuzilmalardan qaysi birini qo’llash muvofiq ekanini o’rgatuvchi bir ilmdir. Fitrat o’zining "Tilimiz" maqolasida h.ar bir tilning boyligi, mukammalligi va ishlatilish doirasining kengligi bilan belgilanishi haqida fikr yuritadi. O’zbek tili ana shu mezonlarga javob beruvchi til ekanligini o’z vaqtida Alshper Navoiy o’zining "Muhokamat ul lug’atayn" asarida ta`kidlaganiga qaramay Fitrat: "Dunyoning eng boy til turkchadir, eng baxtsiz til yana xud turkchadir", - degan xulosaga keladi. Shundan so’ng turk (o’zbek) tilning boyligini ko’rsatuvchi omillarni birma -bir sanab o’tadi. Bu boylik tilimiz leksikasi va grammatikaida mavjudligini alohida ta`kidlaydi. Turk (o’zbek) tilining baxtsizligini ko’rsatuvchi omillarga to’xtaladi."Turkchaning baxtsizligi arab bosquni bilan bog’lanmishdir”. Dunyoning eng boy tili bo’lgan turkchamiz yolg’uz arabcha kimruklari bilan emas, forsiycha tepkilar bilan daxi ezilmishdir. Turk dunyosining ulug’ hakimlari bo’lgan Forobiy bilan Abu Aliibn Sino o’z asarlarini arabcha yozarga qo’l qo’ygan edilar". Ilmiy istilohlarning turkchasi yo’q - degan g’oya asosida 20-yillarning oxiridan boshlab rus-baynalmilal atamalar bilan almashtirildi. Bunga javoban Fitrat shunday yozadi: "Kim dedi buni? Shamsning turkchasi kuyoshdir. Kavokibning turkchasi yulduzdir. Mo`enorning turkchasi suyuq o’tdir. Saxobi ma`ni - yorug’ bulut. Handasa - o’lchov, xat, chiziq. Zoviya - burchaq puchmoqdir. Kavkabi sobita - turguvchi yulduzlar. Kavkabi zuzayib -quyruqli yulduzlardir". Bu fikrlar Fitratning o’zbek tilining sofligi uchun kurashi, atamashunoslikdagi faoliyati, tilni ham nazariy, ham amaliy jihatdan teran bilshshshi namoyon etadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: Fitratning ilmiy faoliyati haqida so’z yuriting. “Sarf” asarida fonetika masalalari qanday yoritilgan? Fitrat so’z turkumlarini qanday tadqiq etgan? Fitratning sintaktik qarashlarini izohlang. Adabiyotlar: Faxri Kamol. Imlomiz takomili uchun. O’zbekiston madaniyati, 1962, 8 – avgust. O’rinboyev B. Tilshunoslik tarixi. Jizzax, 1994. O’rinboyev B., O’rinboyeva D. O’n uch qaldirg’ochdan biri. Samarqand, 1995. Fitrat. Chin sevish. T., 1996. Fitrat. Adabiyot qoidalari. T., 1993. .6.Nurmonov A.O’zbek tilshunosligi tarixi.T.,2002. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling