Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


JAMOLIDDIN ABU MUHAMMAD ABDULLOH TURKIY


Download 0.93 Mb.
bet27/42
Sana11.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1698819
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)

JAMOLIDDIN ABU MUHAMMAD ABDULLOH TURKIY
Mashhur turkshunos Jamoliddin Muhammad Abdulloh Turkiy o’z davrining yirik olimlaridan biridir. Uning tarjimai holi hech bir manbada qayd qilinmagan. Faqat Jamoliddin at-Turkiyning "Kitob bulg’at al-mushtoq fi lug’at-it-turk va-l- qifchoq" (“Turk va qipchoq tillariga mushtoqlarni qiziqtiruvchi kitob") asari Abu Baxr ismli kishi tomonidan 855 yilda ko’chirilganligi qo’lyozmaning birinchi sahifasida qayd qilib o’tilgan. Shunga asosan mazkur lug’at XIV - XV asrda yaratilgan deb taxmin qilinadi.
Jamoliddi at-Turkiy arab va. turkiy tillar hamda ularning dialektlarini mukammal bilganligi uchun ham mazkur tillar qiyosiy grammatikasi hamda leksikasiga oid ko’plab asarlar yaratgan. Ammo Jamoliddin at-Turkiyning birgina "Kitob bo’lg’at al-mushtoq fi lug’at-it-turk va-l-qifchok;" (“Turk va qipchoq tillariga mushtoqlarni qiziqtiruvchi kitob ") lug’atigina bizgacha yetib kelgan. Bu nodir asar birgina nusxaga ega bo’lib, ayni naytda Parij Milliy kutubxonasining Sharq qulyozmalari fondida saqlanmmoqda. Asarning yaratilgan o’rni noma`lum. Shunga qaramaslan, olimlar bu obida Suriyada yaratilgan degan fikrni olg’a surishadi.. Chunki turkiy so’zlarga berilgan arabcha izohlar faqat arab tilining Suriya dialektida uchraydi. Qo’lyozma 4 bobdan iborat bo’lib, ularning har qaysisi tematik gruppalarga - fasllarga ajratilgan. Chunonchi asarning birichi bobi tangrining ismi va fazoda unga tobe bo’lgan mavjudotlarga hamda diniy atamalarga bag’ishlangan. Masalan, tanri, yalavach, farishta, quyosh, yaldiz, qush yoli, yomg’ur kokramak, oy tutulmak, yaraq kabilar. Qo’lyozmaning ikkinchi bobi yer, uning osti va ustidagi narsalar izohiga bag’ishlangan bo’lib, ularga oid so’zlar bir qancha gruppalarga bo’lingan. Asarning uchinchi bobida payt va o’rin ravishlari, kishilik, ko’rsatish va so’roq olmoshlari, ko’makchilar haqida, hafta kunlari va yil fasllari nomlari to’g’risida ma`lumot beriladi. Lug’atning to’rtinchi bobi fe`l, uning zamonlari, mayllari va infinitiv shakllariga bag’ishlangan. Shunday qilib, arab , fors, turk, mo’g’ul tillari qiyosiga bag’ishlangan bu asar turkiy tillarning tarixiy taraqqiyotini o’rganishda qimmatli manba bo’lib xizmat qiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

    1. Mahmud Zamaxshariyning ilmiy faoliyati haqida so’zlang.

    2. Yoqut Hamaviyning qanday asarlarini bilasiz.

    3. “Kitob al - idrok” asari va uning muallifi haqida fikr yuriting.

    4. Abdulloh Turkiy va uning ijodi haqida so’zlang.

Adabiyotlar:

  1. Abdurahmonov G’. Shukurov Sh. O’zbek tilining tarixiy grammatikasi. T., 1973.

  2. Zamaxshariy M. Nozik iboralar. T., 1992.

  3. Muxtorov J. Sanaqulov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T., 1995.

  4. Rustamov A. Mahmud Zamaxshariy. T., 1971.

  5. Tursunov U. va.b. O’zbek adabiy tili tarixi. T., 1995.

  6. Fozilov E. Sharqning mashhur filologlari. T., 1971.

  7. O’rinboyev B. O’zbek tilshunosligi tarixi. Samarqand, 1999.

  8. Nurmonov A. O’zbek tilshunosligi tarixi. T., 2002.

  9. Hikmatullayev X. Shoislomov Sh. Yoqut Hamaviy. T., 1965.




Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling