Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 0.93 Mb.
bet24/42
Sana11.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1698819
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)

MAHMUD ZAMAXSHARIYNING LINGVISTIK QARASHLARI.
YOQUT HAMAVIY, ABU HAYYON, ABDULLOH TURKIY IJODI
RYeJA:

  1. Mahmud Zamaxshariyning hayoti va ilmiy merosi.

  2. “Muqaddimat – ul - adab” asari haqida.

  3. Yoqut Hamaviyning ilmiy merosi.

  4. Abu Hayyon hayoti va ijodi.

  5. Abdulloh Turkiy va uning turkiy lug’ati.

Tayanch tushunchalar: “Ustoz – ul – arab va – l - ajam”, “Jorulloh” atamalari, Zamaxshariyning tilshunoslikka bag’ishlangan asarlari.
“Mo’`jam – ul - buldon”, “Mo’`jam – ul - udabo”, “Kitob al – idrok – li – lisonil - atrok”, “Kitob bo’lg’at – al – mushtoq fi lug’at – it – turk va – l - qifchoq” asarlari va ularning mualliflari.
MAHMUD ZAMAXSHARIY
Ilmu fan xazinasiga bebaho durdonalar qo’shgan Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy Xorazm viloyatining Zamaxshar qishlog’ida dunyoga keldi va voyaga yetdi.
Zamaxshariyning fan odamidagi ulkan xizmatini hisobga olib, unta Sharq olimlari tomonidan "Ustoz-ul-arab va-l-ajam" (arab va g’ayri arablar ustozi), "Faxr-i Xorazm", "Jorulloh" kabi unvonlar berilgan. U arab tilida nazm va nasrda yozilgan badiiy asarlardan tashqari tilshunoslik adabiyotshunoslik,falsafa,tarixkabi fanlarga oid ellikdan ortiq asar yozgan. M.Zamaxshariy arabtilshunosligi an`analarini davom ettirgan yetuk tilshunoslardan. U arab leksikografiyasining tematik prinsipidan mohirlikbilan foydalanib, tematik guruh ichida so’zlarni alfavit tartibida joylashtirishni joriy qildi.
Zamaxshariy yirik tilshunos sifatida arab tilshunosligining rivojiga katta hissa qo’shdi. U o’zining "Asos-ul-baloga" ("Chechanlik poydevori") deb atalgan lug’ati bilan arab lug’atchiligini bir necha pog’ona yuqori ko’tardi.U lug’atida so’zlarning birinchi harfini va undankeyingi harflarini nazarga olgan holda alifbotartibida berdi. Bu usul sal o’zgargan shaklda hozirgi zamon leksikografiyasida ham qo’llanilmoqaa. So’zlarni izohlashda ham Zamaxshariyning yutug’i katta.U so’zlarning asl ma`nolarini berib, shu ma`noni tasdiqlovchi misollar keltiradi. Olim so’zning kaysi iborada qanday ma`noda qo’llanishiga e`tibor beradi, so’z ko’chma ma`nolarining paydo bo’lish sabablarini ko’rsatib o’tadi. Zamaxshariyning "Al-foik fi g’arib-il-hadis”("Hadisdagi notanish so’zlarni o’zlashtaruvchi") asari ham lug’at bo’lib, hadis va adabiyasarlarda uchraydigan ma`nosini anglash qiyin bo’lgan so’zlarni izoxlashga bag’ishlangan. Bunda ham so’zlar alifbo tartibida berilib, uning ma`nosi izohlanadi va ma`noni ochuvchi she`riy yoki nasriy misollar keltiriladi. Zamaxshariy "Al-jibol va-l-amkina va – miyoh”("Tog’, manzil va suvlar") degan ajoyib toponimik asar ham yaratgan. Bu kitobda geografik atamalar alifbo tartibida berilib, avval shu atama kaysi yer, tog’ yoki suvning nomi ekanligi aytiladi, sungra shu nomning qo’yilishsababi va u bilan boglik rivoyat va she`rlar keltiriladi. Zamaxshariyning "Muqaddimat-ul-adab" ("Nafis so’zlarga muqaddima") asarida arab tili leksikasi va grammatikasiga oid fikrlari o’z ifodasini topgan. Lekin bu asar arab tili tarixini o’rganishdagina emas, balki turkiy, forsiy, mo’g’ul xalqlari tillari tarixini o’rganishda ham muxim ahamiyat kasb etadi. "Muqaddimat-ul-adab" asari besh qismdan iborat, birinchisida ism turkumiga kiruvchi so’zlar, ikkinchisida fe`llar, uchinchisida ko’makchilar, to’rtinchisida ismlarning turlanishi, beshinchisida fe`l berilgan. Arabcha so’zlarning ostida forscha, ba`zilarida xatto mo’g’ulcha tarjimalari ham berilgan. Bu asar xorazmiy tiliga ham tarjima qilingan.
Xullas, M. Zamaxshariy lug’atining turkiycha qismida XII - XIII asrlar Markaziy Osiyo turkiy adabiy tilining leksikasi o’z aksini topgan. Zamaxshariy arab maqollarini yigib o’rganish borasida ham katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, "Al-mustasko fi amsol-al-arab" ("Arab makollarini nixoyasiga yetkazuvchi") asarini yozdi. Bu asarda uch yarim mingga yaqin arab maqoli alifbo tartibida berilgan.
Zamaxshariy o’tkir olim bo’lish bilan birga, iste`dodli yozuvchi va shoir ham edi. Olimning arab tili, adabiyoti va uslubi soxasidagi bilimlari uning badiiy asarlarida aks etgan. Zamaxshariyning "Navobig’ ul - qalim" ("Hikmatli so’zlar"), "Maqomat uz - Zamaxshariy" ("Zamaxshariy maqollari"), "Atvoq uz - zaxab fi-l-mavo`iz va-l xo’tab" ("O’git va nasihatlarning oltin munchoqlari") kabi asarlari badiiy nasrning yuksak namunalari xisoblanadi. Uning "Navobig ul-qalim" asari aforizmlarlan iborat.
Xullas, Maxmud Zamaxshariy ma`rifat dunyosida diniy ilmlar, lug’atshunoslik grammatika,aruz, adabiyotga va mantikqa oid ellikka yaqin asari,Kur`oni karim tafsiriga bag’ishlangan "Al-kashshof" kitobi bilan ma`lum va mashxurdir.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling