Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti


Download 16.44 Kb.
Sana09.05.2020
Hajmi16.44 Kb.
#104393
Bog'liq
2 5309791694936344915


Namangan davlat universiteti

Filologiya fakulteti

Rus tili va adabiyoti yo'nalishi

1-kurs 105- guruh talabasi Muhammadova Go'zalning

"Huquqiy madaniyat" mavzusizda yozgan

inshosi


Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri sifatida jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bu yo‘nalishda yurtimizdagi ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlar faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgani e’tirofga loyiq.

Chunki, kuchli fuqarolik jamiyatiga erishish uchun fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi bilishlari zarur. Zero, inson huquqi va asosiy erkinliklari xalqaro huquqning yetakchi tamoyillari sirasiga kiradi. Shu sababli, bugungi rivojlangan dunyoda har bir davlat inson huquq va erkinliklarini, xavfsizligini, yashash sharoitini ta’minlash borasidagi xalqaro miqyosda qabul qilingan hujjatlarni ratifikatsiya qilgan. Bu hujjatlarga og‘ishmay amal qilish esa fuqarolarning huquqiy madaniyati qay darajada shakllanganiga bog‘liq.

Fuqarolarning barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratish lozimligi haqidagi vazifalar Oliy Majlis tomonidan 1997-yil 29-avgustda tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dastur”da belgilab berilgan. “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmon, 1997-yil 29-avgustdagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” hamda 1998-yil  29- maydagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori bu sohadagi islohotlar rivojida muhim dasturilamal bo‘lgan bo‘lsa, endilikda, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida” yangi Qonunlari, O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori aynan yangicha talab va ma’suliyatni oshiruvchi asos bo‘ldi.

Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash samarali bo‘lishi har bir fuqaro, hatto, bo‘lg‘usi kadrlar hisoblanmish – talabalarimizning sa’y-harakatlariga ham bog‘liqdir. Buning uchun jamiyatning har bir a’zosi yangi qonunlarni,huquqiy hujjatlarni o‘qib,o‘rganib borishi zarur.Jumladan, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar masalasiga o‘tayotgan yil davomida alohida e’tibor qaratilib, bir qator muhim va dolzarb ishlar amalga oshirildi. “Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog‘liq”, degandi Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida.



Darhaqiqat, O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ziyodini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishi, yurtimiz ertasi ularning bugun qanday inson bo‘lib ulg‘ayayotgani bilan chambarchas bog‘liqligi yosh avlod vakillariga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. 2017-yil 28-iyul kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashkil etilgani va ushbu sana yoshlarni ma’naviy yuksalish kuni sifatida belgilangani, yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish bo‘yicha qator sa’y-harakatlar amalga oshirilayotgani e’tiborga molik. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili doirasida navqiron avlod vakillari bilan yuzma-yuz muloqot va uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammolari o‘rganilganda, aholining qonunlarimizga, huquqiy masalalarga bo‘lgan qiziqishi ortganining guvohi bo‘ldik.

Zero, huquqiy madaniyat va ma’naviyat umuminsoniy qadriyatlarining tarkibiy qismidir. U umumiy madaniyatning shunchaki bir qismi emas, balki uning o‘zagi, negizi, asosidir. Huquqiy madaniyat deganda, har bir davlatning qonun asoslari, huquq me’yorlarining mavjudligi, fuqarolarning mavjud qonunlarini bilishi va o‘z faoliyatida ularga rioya etishi — huquqiy va demokratik davlat barpo etishning muhim sharti haqida fuqarolik jamiyatida kishilarning yetuk ma’naviyati, ularning huquqiy burch va mas’uliyatlari tushuniladi.
Download 16.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling