Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi


Kompozision materiallar haqida tushuncha


Download 0.8 Mb.
bet18/37
Sana05.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#213532
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
kompozision materiallarning strukturaviy tadqiq etish usullarini organish

4.Kompozision materiallar haqida tushuncha.

Kompozision matriallar (k.m.) an’naviy konstruksion materiallarga nisbatan alohida xossalarga ega. Bu narsa ijobiy xususiyatli materiallar va konstruksiyalarni yaratishga olib keldi. Kompozision materiallar (k.m) ikki va undan ortiq tashkil etuvchilar-komponentlardan tuzilgan murakkab material b’lib, har xil usullar bilan bog’langan va o’ziga hos hususiyati bor.

Birinchi kompozision material 1867-yilda patentlangan; hovli hul tuvaklari, sim va sementdan yasalgan: bog’bon fransuz J.Moniy. Samalyot konstruksiyasida kompozision material 1942-yilda qo’llanilgan; oynaplastinkada (“stekloplastikada”); poliefer materiali oyna tolasi bilan sinchlangan(“armirovan”).

Kompozision materiallar mashinasozlik apparati konstruksiyalariga qo’yilgan talablarga javob beradi: engil bo’lishligi; maksimal mustahkamlik va bikrlik; ishlash davrida maksimal ishlash resursi. Shular uchun kompozision materiallari samalyotsozlikda ko’p qo’llanilgan. “Ruslar” samalyoti 5.5 to’nna og’irlikdagi konstruksion kompozision materiallardan yasalgan va 15 to’nna og’irlik iqtisod qilingan. Hozirgi zamon transport samalyotlari konstruksiyalarining 15-20%; harbiy samalyotlarning 25-30%; harbiy vertalyotlarning 45-55%; strategic raketalarning 75-80% kompozision materiallardan yaslgan.

Kompozision materiallarga quyidagi hususiyatlar yig’indisi hos:

Komponentlarning tarkibi, shakli va taqsimlanishi oldindan aniqlangan;

Ikki va undan ortiq kimyoviy har hil metallardan tarkib topgan va bir-birlari bilan ajralib turadilar;

Kompozision materiallarning xossalari har bir tashkil etuvchining hossalari bilan aniqlanadi;

Kompozision materiallarning hossalari tashkil etuvchilarning hossalaridan farq qiladi.

Kompozision materiallar makromasshtab birtanli, mikromasshtabda bir tanli emas;

bu material tabiatda uchramaydi va odamzotning ixtirosidir.

Geometrik ko’rsatgichlarga qarab tashkil etuvchlar har hil bo’ladi. Butun hajim bo’yicha uzluksiz-to’xtovsiz tarqailgan komponent matritsa deyiladi. Uzlukli, bo’lak-bo’lakli materiallar sinchlovchi yoki puxtalovchi tashkil etuvchilar deb ataladi. Matrisa materiali sifatida metal va uning qotishmalari; organik va noorganik polimerlar, uglerod va boshqa materillar ishlatiladi. Matrissa materiali hossalari kompozision materiallning olish tehnalogik jarayonini ifodalayi.Uning zichligi, mustahkamligi, ishlash harorati, charchab buzilishga qarshiligi va tashqi agressiv muhitiga qarshiligini ifodalaydi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling