Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakul’teti kasb ta’limi kafedrasi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/37
Sana22.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1222984
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
kasbiy etika va etiket

Malaka talablari. 
Oliy toifali o‘qituvchi - fan doktori, nomzodi ish stajiga talab qo‘yilmaydi, 
pedagog 
(muhandis-pedagog) 
ixtisosligi 
bo‘yicha 
magistr; 
pedagog 
(muhandis-pedagog) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr yoki diplomli mutaxassis va 
tegishli fandan 1-toifali o‘qituvchi sifatida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi 
lozim; 
1-toifali o‘qituvchi - pedagog (muhandis-pedagog) ixtisosligi bo‘yicha 
magistr, pedagog (muhandis-pedagog) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr yoki 
diplomli mutaxassis va tegishli fandan 2-toifali o‘qituvchi sifatida kamida 3 yil 
ish stajiga ega bo‘lishi lozim; 
2-toifali o‘qituvchi - pedagog (muhandis-pedagog) yo‘nalishi bo‘yicha 
bakalavr yoki diplomli mutaxassis o‘qituvchi sifatida kamida 3 yil ish stajiga 
(magistr ish stajiga talab qo‘yilmaydi) ega bo‘lishi lozim; 
o‘qituvchi 2 pedagog (muhandis-pedagog) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr yoki 
diplomli mutaxassis, ish stajiga talab qo‘yilmaydi. 
Kasbiy ta‘lim o‘qituvchisining yuksak mahorati va madaniyati, uning ish 
joyini to‘g‘ri tashkil eta olishi, ishga oid usullarini to‘g‘ri ko‘rsata bilishi, 
buyum namunasini tayyorlay olishi, uning nutqi, o‘quv-tarbiya jarayoning eng 
murakkab vaziyatlarida o‘zini tuta bilishi, bularning hammasi o‘quvchilar 


17 
tomonidan o‘zlashtirib oli-nadi va ularning mehnat tarbiyasiga ma‘lum darajada 
ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. 
Kasbiy ta‘lim o‘qituvchisi talabchan bo‘lishi kerak. Lekin uning yuqori 
talabchanligi 
o‘z tarbiyalanuvchilarining insoniy qadr-qim-matini chuqur 
hurmat qilish bilan ajralmasdir. 
Kasb ta‘limi o‘qituvchisi darsga tayyorlanayotganda, yangi ma-terialni bayon 
qilishda har xil usul va usullarni qo‘llaydi. U o‘quv-chilarning individual 
xususiyatlarini, 
ularning 
tajribasi, 
jismoniy 
rivojlanishi 
va 
mehnat 
unumdorligiga ta‘sir qiladigan boshqa omil-larni hisobga olgan holda obektlarni 
tanlaydi. 
Bu holat kasbiy ta‘lim o‘qituvchisining o‘quvchilarni texnikaviy tafakkurni
rivojlantirish omillaridan biri hisoblanadi. Unda kasb ta‘limi o‘qituvchisi 
muayyan tematika bo‘yicha texnikaga oid kitoblarni tanlashda to‘garak 
a‘zolariga kollej kutubxonasi va otaliq qiluvchi korxona kutubxonasi yordam 
beradi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling