Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakul’teti kasb ta’limi kafedrasi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/37
Sana22.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1222984
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
kasbiy etika va etiket

 
 
Ishning bajarish tartibi: 
1.Mavzu bo‘yicha maruza taxlil qilish. 
2. Amaliy ish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash texnologiyasi. 
3.Mavzu bo‘yicha amaliy ishlarni tayyorlash va tadbiq etish. 
4. Xulosa ishlari tayyorlash yexnologiyalari. 
5. Xisobot tayyorlash.
Nazorat ishlari. 
5. Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Hizmat ko’rsatishning psixologik tomonlari. 
Amaliy mashg’ulot maqsadi: 
 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va O‘zbekiston Respublikasining 
―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonunini amalga oshirish, undan kelib chiqadigan 
vazifalarni hal qilish ko‘p jihatdan turli darajadagi psixologik muammolarning 
yechilishi bilan bog‘liq. Zamon talabiga mos keladigan, raqobatbardosh, yuksak 
e‘tiqodli, ma‘naviy jihatdan yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, professional 
faoliyatlarga oid muammolarni hal etish uchun zarur ko‘nikma va malakalarga ega 
mutaxassislarni tayyorlashda psixologiya fanining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. 
Nazariy ma’lumot: 


18 
Zamonaviy mutaxassis kasbiy faoliyati sohasidagi yangiliklarni egallab 
borishi, 
istiqboldagi 
taraqqiyot 
yo‘nalishlari hamda yuzaga keluvchi 
muammolarni yechish yo‘llarini ko‘ra bilishi lozim. Bunday talablar 
darajasidagi mutaxassisni tarbiyalash uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini 
tashkil etish va boshqarish, kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta‘limini 
amalga oshirishning samarali shakllari, faol usullari hamda zamonaviy vositalari 
majmuasini ishlab chiqish hamda ilmiy-usulik jihatdan asoslash lozim bo‘ladi. 
Kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassis tayyorlash ishlari quyidagi 
talablarga javob berishi lozim: 
- mutaxassislik bo‘yicha davlat ta‘lim standartida belgilangan bi lim, 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilganligi; 
- ta‘lim mazmunida ko‘zlangan ta‘lim-tarbiya maqsadi va vazifalariga mos 
kelishi; 
- malakali kichik mutaxassis tayyorlash jarayonining barcha tarkibiy qismlari 
(nazariy 
mash‘ulotlar, laboratoriya-amaliy mash‘ulotlar, ishlab chiqarish 
amaliyoti) o‘zaro bog‘liq holda uzviy tash killashtirilishi; 
- kasbiy ta‘lim berish mazmunining fan, texnika va texnologiya taraqqiyoti 
darajasi talablariga javob berishi. 
Bu talablarni bajarishda ishlab chiqarish ta‘limining o‘rni be-qiyosdir. 
CHunki ishlab chiqarish ta‘limining asosiy vazifasi — bo‘lajak malakali kichik 
mutaxassislarni muayyan mutaxassislik sohasida amaliy faoliyat ko‘rsatishga 
tayyorlashdan iborat. U esa, o‘z navbatida nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq 
etishga o‘rgatish, Zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, 
o‘z nuitaxassisliklari uchun xos bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonini 
icjalashtirish, tayyorlash, amalga oshirish, nazorat qilish va xizmat ko‘rsatishga 
o‘rgatishdan iborat. 
Zamon talabiga mos keladigan, raqobatbardosh, yuksak e‘tiqodli, ma‘naviy 
jihatdan yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, professional faoliyatlarga oid 
muammolarni hal etish uchun zarur ko‘nikma va malakalarga ega mutaxassislarni 
tayyorlashda psixologiya fanining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. 
Psixologiya grekcha ―psyuxe‖- ―jon, rux‖, ―logos‖ - ―ta‘limot‖, ―fan‖ degan 
so‘zdan kelib chiqkan bo‘lib, psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va 
mexanizmlari haqidagi fandir. Psixologiya psixikani o‘rganadi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling