Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakul’teti kasb ta’limi kafedrasi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy etika va etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumot
Ishning bajarish tartibi:
1.Mavzu bo‘yicha maruza taxlil qilish. 2. Amaliy ish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash texnologiyasi. 3.Mavzu bo‘yicha amaliy ishlarni tayyorlash va tadbiq etish. 4. SHartnomalar tayyorlash txnologiyalari. 5. Xisobot tayyorlash. Nazorat ishlari. 4. Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Mijozlarga xizmat ko’rsatish meyyorlari. Amaliy mashg’ulot maqsadi: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonunini amalga oshirish, undan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish ko‘p jihatdan turli darajadagi psixologik muammolarning yechilishi bilan bog‘liq. Zamon talabiga mos keladigan, raqobatbardosh, yuksak e‘tiqodli, ma‘naviy jihatdan yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, professional faoliyatlarga oid muammolarni hal etish uchun zarur ko‘nikma va malakalarga ega mutaxassislarni tayyorlashda psixologiya fanining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Nazariy ma’lumot: 15 O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi siyosiy, iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda ma‘naviyat sohasida ham o‘zgarishlarni amalga oshirish ehtiyoji vujudga keldi. Yangi jamiyat odamlardan yangicha fikrlashni, o‘z - o‘zini milliy jihatdan anglab yetishni, istiqlol tafakkuriga ega bo‘lishni taqozo etadi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta‘kidlab o‘tganlaridek, ―Islohotlar hayotni, hayot esa insonlar tafakkurini o‘zgartiradi.‖ Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonunini amalga oshirish, undan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish ko‘p jihatdan turli darajadagi psixologik muammolarning yechilishi bilan bog‘liq. Bu amaliy mashg‘ulot davomida kelajakda pedagog, yani o‘qituvchi- murabbiy bo‘lishingizni xisobga olgan xolda sizlar bilan o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar va uning xizmat doirasiga bog‘liq meyyorlarni ko‘rib o‘tamiz. O‘qituvchilarning dars berish va darsdan tashqari vaqtlarda uning xizmat vazifalari boshqa kab egalariga qaraganda bir muncha farq qiladi va mashaqqatliroqdir. O‘quv jarayonida o‘qituvchi rahbarlik vazifasini bajaradi. Bu umu-miy qoida kasb ta‘limi o‘qituvchisiga ham taalluqlidir. Kasb ta‘limida Vaqtning qismini o‘quvchi laming mustaqil amaliy ishlari egallashi o‘qituvchining rolini yanada oshiradi. CHunki hamma narsa o‘qituvchi tomonidan oldindan puxta o‘ylansa va yaxshi rejalashtirilsagina, o‘quvchilar mustaqil ishlay olishlari mumkin. Bu borada kasbiy ta‘lim o‘qituvchisining usulik, pedagogik va maxsus tayyorgarliklari yuqori po‘onaga ko‘tarilishi lozim. Unda kasbiy ta‘lim o‘qituvchisi o‘z fanining ilmiy asoslarini mukammal bilish bilan birga, mustaqil mehnat ko‘nikmalari va malakalarni egallagan bo‘lishi, ularni o‘quvchilarga mohirlik bilan yetkazib bera olishi kerak. SHu munosabat bilan aytish zarurki, faqat o‘z sohasida yaxshi malaka orttirgan va ishining ustasi bo‘lgan kishigina o‘quvchilarga o‘z ishini egallashda yordam bera oladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling