Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakul’teti kasb ta’limi kafedrasi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy etika va etiket
Guruh va uning turlari
1. SHartli guruhlar. Tadqiqotchi tomonidan ma‘lum belgilar asosida kishilarni birlashtirib guruh tuzishga shartli guruh deyiladi. Masalan: bir xil kasbi bo‘yicha, bir xil yoshi bo‘yicha, jinsi bo‘yicha shartli guruh tuzish mumkin. 15 yoshli o‘smirlar guruhi, 5 yoshlilar bog‘cha guruhi kabilar. SHartli guruhga kirgan kishilar bir -birlarini mutlaqo ko‘rmasliklari, bir - birlarini mutlaqo tanimasliklari mumkin. Millatiga ko‘ra O‘zbekistonda yashaydigan 18 yoshli kizlar guruhi deb tuzish mumkin. SHartli guruhlarni katta guruhlarga kiritiladi. Masalan: o‘zbeklar guruhi, sotuvchilar guruhi, banditlar guruhi, qizlar, o‘g‘il bolalar guruhi va h.k. SHartli guruh a‘zosi bir paytda boshqa guruhga kirishi mumkinmi? 2. Real guruhlar deb, bir jamiyatda yashab, kishilar bilan haqiqiy, real munosabatga kirishish yo‘li bilan tuzilgan guruhga aytiladi. Masalan: yoshlar jamoa guruhi, bolalar guruhi (bir maktab doirasida) sinflar, talabalar guruhi. NamDUning fizika fakul‘teti 3 - kurs talabalari guruhi real guruhdir. Demak, real guruhga kiradigan kishilar doimo bir - biri bilan munosabatda bo‘lib, bir -biriga yordam beradi. Bizga ma‘lumki, odamni mehnat yaratgan, shuning uchun kishilarning 1 - guruhlari mehnat guruhlari bo‘ladi. Masalan: oila mehnat guruhiga kiradi. Ibtidoiy 30 jamiyatda yashagan qabilani guruhlarga kiritish mumkin. Guruhlarning eng kattasi - bu butun insoniyatdir. 3. Referent guruh - shaxs shartli va real guruhdagi kishilarning so‘zlariga kirmasligi mumkin. SHaxsning o‘z referent guruhi ham bo‘ladi, bu kompaniya bo‘lishi mumkin. Referent guruhdagi kishilar shaxsga har tomonlama yoqadi, ularni hurmat qiladi, gaplariga quloq soladi. Masalan: bola ota - onasining so‘ziga kirmasligi, maktabda o‘qituvchining gapiga kirmasligi mumkin. Ammo u referent guruhdagi boshliqning gapiga so‘zsiz itoat qiladi. SHuning uchun tarbiyachi, ota - ona agar bolani tarbiyalay olmasalar, uning referent guruhini aniqlab, shu guruhning sardori orqali ta‘sir etishlari mumkin. Odatda guruhlar tasodifan to‘planib qolgan kishilardan ham tashqil topishi mumkin. Masalan: poezd kupesida, avtobusda uzoq safarga ketayotgan kishilar, kasalxonada yoki sanatoriyada davolanayotgan kishilar guruh bo‘lishi mumkin. Bunday guruhlar norasmiy guruh deyiladi. Rasmiy guruhga talabalar, o‘quvchilar guruhlari kiradi. CHunki rasmiy guruhlar buyruqlar asosida tuziladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling