Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakul’teti kasb ta’limi kafedrasi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy etika va etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyatning tarkibi
Faoliyat haqida tushuncha
Nima uchun inson faollik ko‘rsatadi? SHaxs faolligining manbai nima? Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Anglab bo‘ladigan va anglab bo‘lmaydigan, tabiiy yoki madaniy, moddiy yoki ma‘naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy - shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tug‘diradi. Agar hayvonlarni xatti - harakatlari bevosita tevarak - atrofdagi muhit bilan belgilansa odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlabok butun insonning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti - harakatning bu tipi shunchalik o‘ziga xoski, uni atash uchun psixologiyada ―faoliyat‖degan maxsus termin qabul qilingan. Faoliyat deb, shaxsning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ko‘rsatadigan jismoniy va psixik (ruxiy) faolligiga aytiladi. Inson faolligining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatni mazmuni, ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o‘zi bilangina belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag‘batlantirib tursa, faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi. Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehtiyoji bo‘lishi mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollikning manbai bo‘lgan faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi. Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar xatti - harakati o‘rtasidagi farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan boshqariladi. Faoliyatni anglash qanday darajada bo‘lmasin, maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi. Faoliyatning tarkibi Inson faoliyati juda xilma - xildir: mehnat, pedagogik, badiiy - ijod, ilmiy - tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, faoliyat tashqi ongli dunyoni ongli psixik aks ettirilishida namoyon bo‘ladi. Har qanday faoliyatda inson o‘z harakatlarini maqsadini anglaydi, kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, bajariladigan harakat tartibini o‘ylaydi, irodaviy zo‘r beradi, faoliyatning borishini kuzatadi, muvaffaqiyat va mag‘lubiyatni o‘ylaydi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling