Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakul’teti kasb ta’limi kafedrasi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy etika va etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumot: Jamoadagi moslik
Ishning bajarish tartibi:
1.Mavzu bo‘yicha maruza taxlil qilish. 2. Amaliy ish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash texnologiyasi. 3.Mavzu bo‘yicha amaliy ishlarni tayyorlash va tadbiq etish. 4. Xulosa ishlari tayyorlash yexnologiyalari. 5. Xisobot tayyorlash. Nazorat ishlari. 10. Amaliy mashg’ulot. Mavzu: SHaxsning jamoa bilan muloqatdagi psixologik jixatlari. Amaliy mashg’ulot maqsadi: Ijtimoiy psixologik muhit deganda, o‘sha guruhning a‘zolari fikrlari, hissiyotlari, dunyoqarashi, ustanovkalar va o‘zaro munosabatlaridan iborat bo‘lgan emotsional - intellektual holatni tushunamiz. Bu o‘rindagi asosiy omil a‘zolarning o‘zaro munosabatlaridir. Ma‘lumki, o‘zaro munosabatlar ish 35 yuzasidan, faoliyat maqsadlari va mazmuni bilan hamda bevosita bir - birlarini yoktirish – yoqtirmaslikka asoslangan insoniy emotsional hissiyotlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin . Nazariy ma’lumot: Jamoadagi moslik SHaxs boshqa kishilar bilan munosabatga kirishar ekan, u o‘zining fe‘l - atvori va xatti -harakatlarini boshqalarning xatti - harakatlari bilan uyg‘unlashtirib olib borishi, ya‘ni har bir shaxs jamoa a‘zolari bilan sig‘ishishi kerak. Buning uchun shaxs boshqa a‘zolarni chug‘ur o‘rganishi lozim. Jamoadagi shaxslararo munosabatlarni, ya‘ni shaxslarning bir - birlariga yordam berishlarini, do‘stlashishi, janjallashishi, yarashishlarini o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi. Jamoadagi munosabatlarni o‘rganish rahbarlik qilish imkoniyatini tug‘diradi. SHaxs jamoada boshqalarga mos keladigan bo‘lsa, uning xulq - atvori va harakatlari boshqalarda ijobiy reaktsiya tug‘diradi. Psixologik jihatdan sig‘ishmaydigan bo‘lsa, uning fe‘l - atvori, harakatlari boshqalarda salbiy reaktsiya tug‘diradi. Psixologik jihatdan sig‘ishmaydigan kishilar jamoada uzoq vaqt qololmaydilar. SHaxsning jamoa bilan moslasha olmasligiga bir necha sabablar bo‘lishi mumkin. Masalan: yagona bir maqsadning bo‘lmasligi, shaxsda salbiy xislatlarning bo‘lishi, takabburlik, ezmalik, o‘zini tuta olmaslik kabilar. Guruh ongi bilan guruhiy moslik bir - biri bilan bog‘liq tushunchalardir. Jamoa va guruhiy moslik fiziologik , psixologik bo‘lishi mumkin. Masalan, jismoniy jihatdan zaif bo‘lgan yigit bilan sog‘lom, kuchli yigitga bir xil ish topshirilsa ularda fiziologik nomoslik kuzatiladi. Yoshi turli xil o‘quvchilarda bir xil masala yechish topshirilsa psixologik jihatdan nomoslikni keltirib chiqaradi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling