Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakul’teti kasb ta’limi kafedrasi


Uchinchi kishi orqali berib yuborilgan sovg’a


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/37
Sana22.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1222984
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
kasbiy etika va etiket

Uchinchi kishi orqali berib yuborilgan sovg’a uchun ham telefon orqali 
yoki qisqa xat orqali minnatdorchilik bildirish lozim. Sovg‘a juda ham 
qimmatbaho bo‘lsa, sovg‘adan voz kechish bilan uni egasiga minnatdorchilik 
bildirib va voz kechish sababini aytish lozim bo‘ladi. Doimiy mantiqiy bo‘ling, 
sovg‘ani uzoq zo‘rlab berishmoqchi bo‘lsalar ham qabul etmang va uning sababini 
xushmuomalalik va bosiqlik bilan tushuntirishga harakat qiling. 
Tadbirkor yohud ishbilarmon doimo yodida bir narsani saqlashi shart. Bu 
narsa tadbirkor nutqining savodli, mantiqli, ehtirosli ranglarga boy bo‘lishi, ish 
yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlarda hal qiluvchi ahloqiy ahamiyatga ega bo‘ladi. 
So‘zlarni talaffuz qilishda ularni buzmaslik, ovozni ko‘tarish yoki osoyishta 
gapirish ham katta rol‘ uynaydi.
Har bir tadbirkorning ish stolida horijiy va o‘zimizning lug‘atlarimiz 
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
Idoraviy mahmadonalikdan, me‘yori buzilgan so‘zlardan qoching. Ortiqcha 
so’zlar qo’shilgan aylanma gaplardan voz keching, ularni ishlatmang. 
Kerak bo‘lmagan holatda horijiy, ajnabiy so‘zlarni ishlatmang. 
«Tekinxo‘r» so‘zlar: «innaykeyin», «shunday qilib», «mana», «xaligi» 
so‘zlarni ishlatmang, ular eshituvchilarni zeriktiradi. 
So‘zlashayotganda 
hadeb 
o‘zingizni, 
hurmatingizni, 
korxonangizni 
maqtashdan tiyiling. Bu narsalar ham sizga obro‘ keltirmaydi.
Tadbirkor faoliyatida ishbilarmonlarning tashqi qiyofasi va manerasi 
o‘ziga xos xususiyatli holatda bo‘lishi talab etiladi. Yaxshi bog‘lanmagan galstuk 
yoki tozalanmagan poyafzal ham tadbirkorning tashqi qiyofasini buzib turadi. 
O’ta ko’zga tashlanadigan kiyimni kiymang. Klassik modada osoyishta 
rangli kostyum kiyish, bir xil rang ko‘ylak, jiddiy tanlangan galstuk taqish lozim. 
Turli – tuman baqqollik narsalari: uzuk, zanjir, znachoklar taqish tavsiya etilmaydi. 
Kostyum doimo tugmalari qadalgan, qomatga yopishib turgan holatda bo‘lishi 
lozim. Kostyumning ko‘krak cho‘ntaklariga ruchka, qalam, ko‘zoynak, taroq 
singari narsalarni solmang. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling