39
Sovg‘a berish jarayonida hamkorlaringizga yoqimli so‘zlar, istaklar aytib, hazil-
mutoyiba bilan munosabatda bo‘lsangiz, yoqasiz va yutasiz.
Agar hamkorlaringiz va ishbilarmonlikdagi do‘stingiz sizni uyga taklif etsa,
eng yaxshi sovg‘a gullardir.Uni ochiq holda yoki mahsus o‘ralgan
holatda taqdim
etasiz.
Oldin ishlatilgan narsalarni (qadimiy
tasviriy, amaliy san‘at asarlari
bundan mustasno) sovg‘a qilish kerak emas. Lekin firma nomidan alohida hollarda
(yubileylarda) qimmatbaho taqinchoqlar va boshqa shunga o‘xshash
narsalarni
sovg‘a qilish mumkin.
Sovg’ani qabul qilishning o‘ziga
xos axloqiy qoidalari, me‘yorlari mavjud.
Uni olgandan so‘ng ochib ko‘rish, sovg‘ani bergan kishining didini a‘lo darajada
baholash hamda unga minnatdorchilik bildirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: