Agar siz qabul marosimi uyushtirmoqchi bo‘lsangiz, u har tomonlama to‘la
o‘ylab, hech bir kamchiliksiz, yuqori darajada o‘tkazilishi shart.
Qabul marosimini o‘tkazish uchun unga quyidagicha tayyorlanadi: qabul
marosimining turini tanlash, taklif etiluvchilarning ro‘yxatini tuzish, taklifnomalarni
o‘z vaqtida jo‘natish, mehmonlarni stol atrofida joylashishlarini rejalashtirish,
nutqlarni tayyorlash, qabul marosimini o‘gkazish tartibini tuzish, ovqatlar ro‘yxatini
tuzish, xonani yoki zalni jihozlash, mehmonlarga xizmat ko‘rsatishga tayyorlanish.
Stol atrofiga o’tkazish quyidagicha:
1. Qabul marosimini tashkil etgan va o‘tkazayotgan boshliqning o‘ng va chap
tomoniga faxrli erkak mehmonlar o‘tkaziladi. Keyin ayollar yoniga erkaklar
o‘tkazilishi maqsadga muvofiqair.
2. Ayollar bilan ayollarni yonma-yon o‘tqazilmaydi.
3. Erni hech qachon o‘z xotini yoniga o‘tqazilmaydi.
4. Bitta xorijiy mamlakatdan kelgan ikkita ajnabiy ham yonma-yon
o‘tqazilmaydi.
5. Stolning oxirida qabul marosimini o‘tkazayotgan tashkilot, korxona,
firmaning xodimlari o‘tiradilar, ular ichida ayollar bo‘lmasliga shart.
Qabul marosimini o‘tkazish jarayonida xushmuomalalik va mehmonlarga
diqqat-e‘tibor bilan munosabatda bo‘lish kerak.
Agar siz qabul marosimiga taklifnoma olsangiz, unga yo borishingiz, yo bora
olmasligingiz to‘g‘risida o‘z vaqtida javob berishingiz lozim, Agar qabul
marosimiga boraman, deb va‘da bersangiz, albatta, borishingiz majburiydir. Aks
holda siz axloqning oddiy qoidalariga rioya qilmagan madaniyatsiz kishi hisoblanib
qolishingiz mumkin. Qabul marosimiga o‘z vaqtida borish ham axloqiy (xulqiy)
me‘yorlarga siz qanday rioya qilishingizni ko‘rsatadi.
Ish yuzasidan bo‘ladigan qabul marosimida siz stol atrofida o‘zingizni axloqsiz
ekanligingizni namoyish etsangiz, ko‘pchilik tadbirkorlar va ishbilarmonlar ichida,
ular olamida, siz hurmat-e‘tiboringizni yo‘qotib qo‘yasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |