Uchinchi kishi orqali berib yuborilgan sovg’a uchun ham telefon orqali
yoki qisqa xat orqali minnatdorchilik bildirish lozim. Sovg‘a juda ham
qimmatbaho bo‘lsa, sovg‘adan voz kechish bilan uni egasiga minnatdorchilik
bildirib va voz kechish sababini aytish lozim bo‘ladi. Doimiy mantiqiy bo‘ling,
sovg‘ani uzoq zo‘rlab berishmoqchi bo‘lsalar ham qabul etmang va uning sababini
xushmuomalalik va bosiqlik bilan tushuntirishga harakat qiling.
Tadbirkor yohud ishbilarmon doimo yodida bir narsani saqlashi shart. Bu
narsa tadbirkor nutqining savodli, mantiqli, ehtirosli ranglarga boy bo‘lishi, ish
yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlarda hal qiluvchi ahloqiy ahamiyatga ega bo‘ladi.
So‘zlarni talaffuz qilishda ularni buzmaslik, ovozni ko‘tarish yoki osoyishta
gapirish ham katta rol‘ uynaydi.
Har bir tadbirkorning ish stolida horijiy va o‘zimizning lug‘atlarimiz
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Idoraviy mahmadonalikdan, me‘yori buzilgan so‘zlardan qoching. Ortiqcha
so’zlar qo’shilgan aylanma gaplardan voz keching, ularni ishlatmang.
Kerak bo‘lmagan holatda horijiy, ajnabiy so‘zlarni ishlatmang.
«Tekinxo‘r» so‘zlar: «innaykeyin», «shunday qilib», «mana», «xaligi»
so‘zlarni ishlatmang, ular eshituvchilarni zeriktiradi.
So‘zlashayotganda
hadeb
o‘zingizni,
hurmatingizni,
korxonangizni
maqtashdan tiyiling. Bu narsalar ham sizga obro‘ keltirmaydi.
Tadbirkor faoliyatida ishbilarmonlarning tashqi qiyofasi va manerasi
o‘ziga xos xususiyatli holatda bo‘lishi talab etiladi. Yaxshi bog‘lanmagan galstuk
yoki tozalanmagan poyafzal ham tadbirkorning tashqi qiyofasini buzib turadi.
O’ta ko’zga tashlanadigan kiyimni kiymang. Klassik modada osoyishta
rangli kostyum kiyish, bir xil rang ko‘ylak, jiddiy tanlangan galstuk taqish lozim.
Turli – tuman baqqollik narsalari: uzuk, zanjir, znachoklar taqish tavsiya etilmaydi.
Kostyum doimo tugmalari qadalgan, qomatga yopishib turgan holatda bo‘lishi
lozim. Kostyumning ko‘krak cho‘ntaklariga ruchka, qalam, ko‘zoynak, taroq
singari narsalarni solmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |