40
Hatto erkaklar kiygan paypoq kostyum ranggiga mos bo‘lishi kerak.
Kostyumdan sal qoraroq, tuflidan sal ochroq bo‘lsa, yana yaxshi.
Ochiq rangdagi tuflini ochiq rangdagi kostyum bilan kiyiladi.
Oq paypoq
faqat dam olishga va jismoniy tarbiyaga kiyiladi.
Avtomobilga o’tirishning ham o‘z ahloqiy qoidasi bor. qabul marosimiga
borayotganda, orqa o‘rindiqqa o‘tirish, kelayotganda esa haydovchining yonida
kelish maqsadga muvofiqdir.
Agar siz yengil avtomobilni boshqarib borayotgan bo‘lsangiz, unda siz
nafaqat avtomobil‘ va o‘zingiz, unda kelayotgan yo‘lovchi to‘g‘risida ham
o‘ylashingizga to‘g‘ri keladi. Yo‘lovchilarga gapirish tavsiya etilmaydi,
boshqa
haydovchilarning axloqi haqida izoh berish ham o‘rinli emas. Ehtiroslarga
berilmaslik lozim.
Yurishingizga ham e’tibor berishingizga to‘g‘ri keladi. Boshingizni
ko‘tarib,
tik holda, egilmasdan yuring, yurish holatingiz ham sha‘ni- shavkatingiz
va obro‘- e‘tiboringizdan, qadr qimmatingizdan darak beradi.
Ahmoqona
odatlarni
tashlashingizga
to‘g‘ri keladi,
aks holda,
ishbilarmonlik va tadbirkorlikda ular sizga pand berib qo‘yishi mumkin.
Kresloda yotib olganday o‘tirmang, stulni u yoqdan bu yoqqa «ot qilib»
minmang, stul chekkasida o‘tirmang, bir oyog‘ingizni ikkinchi oyog‘ingiz ustiga
tashlab o‘tirmang, hamkor bilan gaplashayotgan paytda oyog‘ingizni likkillatib
turmang. Qo‘lingizni
doimo nazorat qiling, burningizni kovlamang, oyog‘ingizga
barmog‘ingizni tiqmang, sochingizni,
boshingizni, qulog‘ingizni qashimang.
Suhbatdoshingizni qo‘lingiz bilan turtib gapirmang. Suhbatdoshingiz ro‘parasida
burningizni qoqmang.
Do'stlaringiz bilan baham: