Stollarda vakillar uchun qog’oz, yozish anjomlarining yetarli bo‘lishi, salqin
ichimliklar qo‘yilishi, agar issiq choy yoki qahva, ozgina shirin pishiriqlar berilishi,
albatta, muzokaralardagi tanaffus chog‘ida yoki muzokaradan 10-15 minut keyin
amalga oshirilsa axloqiy madaniyatning nechog‘li yuksak ekanligadan dalolat
beradi.
Muzokaralarni o’tkazish, ularning samarali bo‘lishini ta‘minlashni,
uchrashuvni o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat etgan tomon - tashkilot, firma o‘z
zimmasiga oladi. Uchrashuvlarni nonushta (lanch), kechki ovqat, tushlik yoxud
qahvaga taklif etish shaklida uyushtirilishi maqsadga muvofiqdir.
Nonushta (lanch)da soat 12-13 lar orasida, muzokaralar davomida yoki 1-
1,5 soatdan so‘ng choy yoki qahva tortiladi. SHarqiy urf-odatlarga muvofiq bu
paytda, odatda, tushlik bo‘lishi ham mumkin. Unda palov yoki lag‘mon, albatta,
choy yoki boshqa ichimlik, non tortiladi.
CHoyga soat 16-18 orasida, albatta, bu ayollar uchun, ayrim hollarda
erkaklar ham taklif etilishi mumkin. CHoyning davomiyliga 1-1,5 soatga
mo‘ljallanishi kerak.
Kokteyl yoki qahva deb nomlanuvchi qabul marosimida ko‘proq
ichimliklar, ozroq gazaklar tortiladi.
Tushlik qabul marosimlari ichida eng faxrlisidir. Bu kech soat 20 bilan
21 oralig‘ida bo‘lib o‘tadi va u 2-3 soat va undan uzoqroq muddatda ham davom
etishi mumkin. Bu jarayonda stol atrofida 1 soatcha muzokaralar olib boriladi.
«SHved stoli» yoki bir zumda tushlik qilish jarayoni o‘z-o‘ziga xizmat
asosida amalga oshiriladi.
Kechki ovqat kech soat 21 da va undan kechroq boshlanadi. Kechki ovqat
tushlikdan suyuq ovqat tortilmasligi bilan farq qiladi.
«Bir bokal shampanga» - bu qabul marosimi soat 12 da boshlanib, soat 13 da
tugaydi.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |