Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106338
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Bog'liq
HFX

Davlat yong’in nazorati yong’inga qarshi tadbirlarni, ut o`chirish vositalarining holatini, 
yong’in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi. 
O`zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati 
korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi 
qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi. 
Barcha ishlab chiqarish korxonalarida uch pog’onali nazorat amalga oshiriladi. 
I pog’ona – har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikda tsexdagi ish joylarini aylanib 
chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko`radilar. 
II pog’ona – har hafta tsex boshlig’i katta jamoatchi nazoratchi bilan birgalikda 
tsexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko`radi. 
 III pog’ona – oyda bir marta korxona bosh muhandisi mehnat muhofazasi muhandisi 
bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bo`yicha korxonada qaror 
chiqariladi. 
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi 
qonunlari bajarilishining oliy nazorati. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga 
yuklatilgan. 


2. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha texnik 
xodimlarning javobgarligi 
Korxonalarda ishlovchilarga xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitini yaratish bo`yicha 
ishlarni tashkillashtirish, baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarni oldini olish mehnat muhofazasi 
xizmatiga yuklanadi. Bu xizmat korxonada mustaqil tizimiy bo`linma bo`lib, bevosita boshliqqa 
yoki bosh muhandisga bo`ysunadi. O`z ishini korxona rahbari yoki bosh muhandisi tasdiqlagan 
reja bo`yicha boshqa bo`linmalar ya`ni, davlat nazorati mahalliy organlari texnik inspektsiyalari 
hamkorligida amalga oshiradi. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling