Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan taminlash


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106338
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
HFX

 
4. Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan taminlash 
 
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik 
tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona ma`muriyati 
mahalliy kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh 
yillik yoki ko`p yillik rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi 
sohasida erishgan yutuqlari hamda korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi.
Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik yo`llari bo`yicha muhandis zimmasiga, uni 
amalga oshirishga javobgarlik esa korxona tsexlari, bo`limlari, bo`linmalari boshliqlari 
zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag’ni va moddiy ta`minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa 
shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari 
ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan tuzadi. Jamoa shartnomasiga 
kiritilgan mehnat muhofazasiga dior tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan mablag’lar ishlatib 
bo`linganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib, unga korxona kasaba uyushmasi qo`mitasi 
raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo chekadilar. 
Mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablag’lar hisobiga ta`minlanadi: 
-davlat va markazlashtirilmagan kapital mablag’lar, shu jumladan ishlab chiqarishni 
rivojlantirish jamg’armasi, ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilishi jamg’armasi hamda korxona 
jamg’armasi; 
-agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan 
bo`lsa-amortizatsiya jamg’armasi; 
-agar xarajatlar kapital xarajatlar bo`lsa-asosiy faoliyat, tsex va umumxarajat 
mablag’lari; 
-yangi texnikani joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bank tomonidan 
beriladigan qarzlar. 
O`ta zararli ishlab chiqarishida band bo`lgan xodimlar kasallanishining oldini olish uchun 
oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish ko`zda tutilib, issiq nonushta yoki tushlik tarzida beriladi. 
Bundan maqsad kasb kasalliklarining oldini olish va mehnatkashlar sog’ligini 
mustahkamlashdan iborat bo`ladi. Bevosita zararli sharoitda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga 
bepul sut yoki uning o`rnini bosuvchi boshqa mahsulot beriladi. 
Mavzu bo`yicha savollar 
1) Xavfsizlikni ta'minlashning tashkiliy va texnik asoslarini bayon qiling. 
2) Jarohatlovchi omillar va xavfli hududlar nimaq 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling