Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106338
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
HFX

 
2. Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish 
Ma`lumki, jarohatlanish oqibati o`z vaqtida ko`rsatilgan yordamga ko`p jihatdan bog’liq 
bo`ladi. SHuning uchun har bir ishlovchi bevosita baxtsiz hodisa sodir bo`lgan joyda vrachga 
birinchi yordam ko`rsatishni bilishi kerak. 
Ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlarida tsexlarda, bo`limlarda, brigadalarda, dala 
shiyponlarida, fermalarda, ustaxonalar va boshqa ishlab chiqarish uchastkalarida birinchi yordam 
ko`rsatishga maxsus o`qitilgan 3-4 kishidan iborat sanitar postlar tashkil etiladi. Sanitar postlari 
zarur meditsina dorilar va bog’lash materiallari mavjud bo`lgan aptechkalar bilan ta`minlanadi.
Ishlab chiqarishda jarahotlanish uni keltirib chiqarish sabablariga ko`ra shartli ravishda 
tashkiliy va texnik turlarga bo`linadi. Tashkiliy xarakterga ega bo`lgan ishlab chiqarish 
jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi: 
1) bevosita kunlik ishlarni yoki ishlayotgan odamlarni sog’ligi uchun yuqori darajada 
xavfli bo`lgan ishlarni bajarish oldidan xavfsizlik texnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni 
o`tilmasligi; 
2) xavfsizlik texnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni o`tilishi, lekin ishni bajarish jarayonida
unga rioya qilinishini etarlicha nazorat qilmaslik; 
3) ishni (har xil ishlab chiqarish topshiriqlarini) bajarish vaqtida zarur himoya 
(ko`zoynak, niqob, respirator, to`siq va boshqa) vositalardan foydalanmaslik; 
4) ishchi zonada ishni bajarish uchun keraksiz bo`lgan buyum va narsalarni mavjudligi
5) murakkab va mas`uliyatli ishlarda maxorati etarlicha bo`lmagan ishchilar mehnatidan 
foydalanish; 
6) jarohatlash ehtimoli mavjud joylarda o`rab turuvchi shitlar, to`siqlar va kojuxlarni 
yo`qligi; 
7) odam sog’ligi uchun xavf yuqori bo`lgan ish joylarini etarlicha yoritilmasligi; 
8) xavf haqida «To`xta! YUqori kuchlanish», yoki «Ehtiyot bo`ling! Rabotlar avtomatik 
rejimda ishlamoqda», «Yo`l yo`q, xavfli zona» va boshqa kabi ogohlantiruvchi belgilarning 


yo`qligi; 
9) texnologik rejimdan chalg’ish, texnologik jarayonlarni ko`pol buzilishi va boshqalar
10) u yoki bu sabablarga ko`ra ishchiga ish vaqti davomida tanaffus va dam olish vaqtini 
berilmasligi; 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling