Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Ishlab chiqarish sanitariyasi haqida tushuncha va uning vazifalari


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106338
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
HFX

 
3. Ishlab chiqarish sanitariyasi haqida tushuncha va uning vazifalari 
Ishlab chiqarish sanitariyasi - ishchilarga zararli ishlab chiqarish omillarini ta`sirini 
oldini oluvchi vositalar, sanitarik-texnik gigienik va tashkiliy tadbirlar sistemasidir. Ishlab 
chiqarish sanitariyasida asosiy e`tibor insonga havo muhiti va bevosita tegish orqali salbiy ta`sir 
etadigan ishlab chiqarishning zararli omillariga qaratiladi. Havo orqali ishchiga ta`sir etadigan 
zararlar, noqulay mikroiqlim, changlar, gazlar, shovqinlar, infra va ul’tratovushlar, ish joylarini 
yoki xonani etarlicha bo`lmagan va juda ham yoritilganligi elektromagnit, infraqizil, 
ul’trabinafsha, radioaktiv va boshqa nurlanishlar ko`rinishlarida bo`lishi mumkin.
Insonga zararli omillar ularga bevosita tekkanda ham salbiy ta`sir qilishi mumkin. Ularga 
qattiq yoki suyuq zararli ,,moddali" uskunalar yoki jihozlarni misol qilib keltirish mumkin. 


Ochiq maydonlarda dalada jarayonlarni bajarishda ishchilar xavfsizligi va sog’ligi 
meteorologik (havo haroratining yuqori yoki pastligi, shamol, yomg’ir, qor, quyosh radiatsiyasi 
va boshqalar) sharoitga ham bog’liq bo`ladi. 
Ishlab chiqarish sanitariyasining vazifasi esa ishlab chiqarish zararlarining ruxsat etilgan 
darajasi asosida sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishdir. 
Ishlab chiqarishdagi zararli omillarni ruxsat etilgan darajalari (RED) yoki miqdorlari (REM), 
mehnat sharoitlari tavsifini boshqa optimal ko`rsatkichlari, ishlab chiqarish ob`ektlari va xonalariga 
sanitar talablar maxsus ilmiy-tekshirish institutlari va laboratoriyalarida ishlab chiqiladi va 
tasdiqlanadi. Tasdiqlangan talablar esa qonun kuchini oladi va standartlar, sanitar va qurilish normalari 
hamda qoidalari ko`rinishida joriy etiladi. 
Ishlab chiqarishda sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish uchun ulardagi har bir 
mashina va mexanizmlardagi ish sharoiti, xavfsizlik standartlari va normalariga javob berilishi 
uchun vazirliklar va tegishli tashkilotlar o`zlarining asosiy e`tiborlarini qaratadilar. 
Ishlab chiqarishdagi mutaxassislarning vazifasi esa qayd qilingan mashinalarning 
hammasida ish sharoitini xavfsizlik standartlari va sanitariya normalari talabi bo`yicha 
taminlashdan iborat. 
Ishlab chiqarishdagi mutaxassislar bu masalalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun 
ishlab chiqarish sharoitidagi zararli omillarning xossalari haqida, mehnat sharoitini tahlil qilish 
usllari bo`yicha va ular asosida mehnat sharoitini yaxshilash va tashkil etish tadbirlarni ilmiy 
asoslash uchun etarlicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo`lishi kerak. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling