Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Qozon yasash jarayonida faoliyat ko`rsatadigan ishchilar eshitish


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106338
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
HFX

Qozon yasash jarayonida faoliyat ko`rsatadigan ishchilar eshitish 
qobiliyatining pasayishi 


Ish staji 
Normal eshitadigan kishilarning soni, % da 
yilgacha 
1-4 yilgacha 
5-9 yilgacha 
10-14 yilgacha 
15-19 yilgacha
20-24 yilgacha
25-29 yilgacha 
30 yil va undan ortiq 
99,0 
76,3 
50,0 
33,0 
20,0 
10,0 
8,7 
4,7 
 
 
Insonni doimiy yuqori intensivlikdagi shovqin ta`sirida bo`lishi uchun sog’ligiga ta`sir 
etadi, u tez charchaydi, ruhiy reaktsiya tezligi kamayadi, xotirasi susayadi. SHuningdek, shovqin 
insonga diqqatini bir joyga jamlashiga halaqit qiladi, harakatida muvozanatni buzadi, tovush va 
yorug’lik signallarini qabul qilish qobiliyatini susaytiradi va natijada turli xil baxtsiz hodisalarni 
kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
Bundan tashqari shovqin qon bosimining oshishiga, ko`z qorachig’ining kengayishiga
oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga, yurak va tomir urishining tezlashishiga, asab 
sistemasining buzilishiga, uyqusizlikka va eshitish qobiliyatining buzilishiga ham olib keladi. 
Ayniqsa inson qulog’i eshitmaydigan shovqinlar-infratovushlar (tovush chastotasi 16 Gts dan 
kichik shovqinlar) va ul’tratovushlar (tovush chastotasi 20000 Gts dan katta) inson sog’ligiga 
katta ta`sir ko`rsatadi. 

SHovqin darajasini me`yorlashtirish va o`lchash. SHovqin darajasini me`yorlashtirish-
shovqinning insonga salbiy ta`sirini kamaytirishga qaratilgan asosiy tadbirlardan biri 
hisoblanadi. SHovqinning inson sog’ligiga ta`siri uning chastotasiga bog’liq bo`lganligi sababli, 
har bir shovqin oktava polosasi uchun alohida ruxsat etilgan shovqin darajasi belgilangan. 
SHovqinning eng yuqori ruxsat etilgan darajasi past chastotalar uchun, ruxsat etilgan past 
darajasi esa yuqori chastotali shovqinlar uchun qabul qilingan. Masalan, eng kichik tovush 
bosimi nazariy va ilmiy ishlar bajariladigan ish joylari uchun belgilangan bo`lib, u o`rtacha 
geometrik chastota 8000 Gts bo`lganda 30 dB deb qabul qilingan. eng yuqori tovush bosimi esa 
doimiy ish joylarida, ishlab chiqarish binolari, mashina va traktorlarning kabinalari uchun 
belgilangan bo`lib, u o`rtacha geometrik chastota 63 Gts bo`lganda 99 dB ga teng. 
SHovqin darajasini aniqlash uchun SHum-1, ISHV-1 markali shovqin o`lchagichlardan 
foydalaniladi. SHovqinni spektr chastotasi bo`yicha baholash uchun ASH-2M, AS-3 markadagi 
chastotali anilizatorlar ishlatiladi. Ushbu anilizatorlar o`tkazish kengligi bo`yicha oktavali, yarim 
oktavali, 1/3 oktavali va qisqa oktavali bo`ladi. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling