Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
HFX
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavakkal nazariyasi .
- Tavakkalning turlari .
Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar
uchun etarli darajada kerak bo`lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir. Sabab va oqibatlar. YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning xatosi (sabab)- zaharlanish (kungilsiz oqibatlar). Mutloqa xavfsiz bo`lgan ish (faoliyat) bo`lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bo`lmasin, unda yashirin xavf bo`ladi. Bu aksioma hayot faoliyati xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega. Tavakkal nazariyasi. 1950-yil senyabr’ oyida Germaniyaning Kyoln shahrida bo`lib o`tgan birinchi jahon kongressida hayot faoliyati xavfsizligi fan deb qabul qilindi. Olimlar o`z ma`ruzalarida «tavakkal» tushunchasini qo`lladilar va bu tushunchani har bir olim o`zicha talqin qildi. Masalan, V.Marshal’ «tavakkal, bu xavfning miqdoriy bahosidir» dedi. Miqdoriy baho kungilsiz hodisalarni aniq bir davr ichida bo`lib o`tgan sonining bo`lishi mumkin bo`lgan soniga nisbatidir. «Tavakkal»ni aniqlashda nimani «tavakkali» deyish mumkin savoliga javob berish kerak. Tavakkalning turlari. Tavakkal ikki xil bo`ladi: shaxsiy «tavakkal»- ayrim shaxs uchun aniq xavf turi; ijtimoiy yoki ko`pchilik «tavakkali»- takroriy hodisalar natijasida jarohatlangan insonlar orasidagi bog’liqlik. Bizda hozircha ijtimoy «tavakkal» bo`yicha hech qanday ma`lumot yo`q. Xorijda esa alohida ishlab chiqarish korxonalari, sanoat tarmoqlari, xavf turlari bo`yicha to`liq ma`lumotlar mavjud. Jamoat «tavakkali» xavfni sub`ektiv (boshqacha) ravishda qabul etadi. Odatda ko`pchilik kam uchraydigan va ko`p qurbon bo`lgan voqealarga keskin ravishda ahamiyat beradi. Masalan, ishlab chiqarishda har yili o`rta hisobda 200-250 kishi halok bo`ladi. Ammo bir halokatda 5-10 kishi qurbon bo`lgani oldingi ma`lumotlardan ko`ra odamlarga ko`proq ta`sir qiladi. Kishilarning bu ruhiy holatini qabul qilishi mumkin bo`lgan «tavakkal» masalasi ko`rilganda hisobga olish lozim. Xavflarni baholashda tavakkal («T») usulini qo`llash boshqa usullarga qaraganda ko`proq to`g’ri keladi, deb hisoblanadi. Masalan, har xil sabablar natijasida halokatli (o`lim bilan) tugagan ayrim shaxsiy «tavakkal» (AKSH ning umumiy aholisiga nisbatan) qiymatlari quyidagichadir: 1. Yo`l transporti hodisasidan-3 ´10 -4 . 2. Zaharlanishdan - 2 ´10 -5 . 3. YOng’indan kuyish - 4 ´10 -5 . 4. Elektr tokidan - 6 ´10 -5 . 5. YAshindan - 5 ´10 -7 . 6. Ishlab chiqarish vositalarining nosozligidan - 1 ´10 -5 . 7. Umumiy «T» - 6 ´10 -4 . 8. Boshqalar - 4 ´10 -5 . Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling