Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106338
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Bog'liq
HFX

Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar 
uchun etarli darajada kerak bo`lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni 
aniqlab amalga oshirish jarayonidir.
Sabab va oqibatlar. YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-sabab 
deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga 
zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi 
mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning xatosi (sabab)- zaharlanish 
(kungilsiz oqibatlar).
Mutloqa xavfsiz bo`lgan ish (faoliyat) bo`lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday 
bo`lmasin, unda yashirin xavf bo`ladi. Bu aksioma hayot faoliyati xavfsizligida metodologik 
ahamiyatga ega. 


Tavakkal nazariyasi. 1950-yil senyabr’ oyida Germaniyaning Kyoln shahrida bo`lib 
o`tgan birinchi jahon kongressida hayot faoliyati xavfsizligi fan deb qabul qilindi. Olimlar o`z 
ma`ruzalarida «tavakkal» tushunchasini qo`lladilar va bu tushunchani har bir olim o`zicha talqin 
qildi. Masalan, V.Marshal’ «tavakkal, bu xavfning miqdoriy bahosidir» dedi. Miqdoriy baho 
kungilsiz hodisalarni aniq bir davr ichida bo`lib o`tgan sonining bo`lishi mumkin bo`lgan soniga 
nisbatidir. «Tavakkal»ni aniqlashda nimani «tavakkali» deyish mumkin savoliga javob berish 
kerak.
Tavakkalning turlari Tavakkal ikki xil bo`ladi: shaxsiy «tavakkal»- ayrim shaxs uchun 
aniq xavf turi; ijtimoiy yoki ko`pchilik «tavakkali»- takroriy hodisalar natijasida jarohatlangan 
insonlar orasidagi bog’liqlik. Bizda hozircha ijtimoy «tavakkal» bo`yicha hech qanday ma`lumot 
yo`q. Xorijda esa alohida ishlab chiqarish korxonalari, sanoat tarmoqlari, xavf turlari bo`yicha 
to`liq ma`lumotlar mavjud.
Jamoat «tavakkali» xavfni sub`ektiv (boshqacha) ravishda qabul etadi. Odatda ko`pchilik 
kam uchraydigan va ko`p qurbon bo`lgan voqealarga keskin ravishda ahamiyat beradi. Masalan, 
ishlab chiqarishda har yili o`rta hisobda 200-250 kishi halok bo`ladi. Ammo bir halokatda 5-10 
kishi qurbon bo`lgani oldingi ma`lumotlardan ko`ra odamlarga ko`proq ta`sir qiladi. Kishilarning 
bu ruhiy holatini qabul qilishi mumkin bo`lgan «tavakkal» masalasi ko`rilganda hisobga olish 
lozim.
Xavflarni baholashda tavakkal («T») usulini qo`llash boshqa usullarga qaraganda ko`proq 
to`g’ri keladi, deb hisoblanadi. Masalan, har xil sabablar natijasida halokatli (o`lim bilan) 
tugagan ayrim shaxsiy «tavakkal» (AKSH ning umumiy aholisiga nisbatan) qiymatlari 
quyidagichadir:
1. Yo`l transporti hodisasidan-3
´10
-4 

2. Zaharlanishdan - 2
´10
-5
. 
3. YOng’indan kuyish - 4
´10
-5
 
4. Elektr tokidan - 6
´10
-5
. 
5. YAshindan - 5
´10
-7
. 
6. Ishlab chiqarish vositalarining nosozligidan - 1
´10
-5
. 
7. Umumiy «T» - 6
´10
-4
. 
8. Boshqalar - 4
´10
-5
 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling