Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106338
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
HFX

Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga 
qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to`g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida 
bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o`rganishda katta ahamiyatga 
ega. Taksonomiya yangi fan bo`lib, hali to`la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari 
quyidagilarni tashkil etadi: 
kelib chiqishi bo`yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo`ladi; 
 
rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bo`linadi; 
 
- salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va 
kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo`ladi; 
 
- xavflar tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha (lokalizatsiya) – litosfera, gidrosfera, 
atmosfera va koinot bilan bog’liq bo`ladi; 
 
kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, 
yong’inlar ko`rinishida bo`ladi; 
- keltiradigan zarari bo`yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bo`linadi; 
- namoyon bo`lishi bo`yicha maishiy, sport, yo`l-transport, ishlab chiqarish va harbiy 
bo`ladi; 
- olamga ta`siri bo`yicha o`ta ta`sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik 
moddalar, arok, sigaret) bo`ladi. Sust ta`sir deganda odamning o`zi sababchi bo`ladigan xavf 
tushuniladi. 
Xavflar ruyxatibu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar, atamalardir 
(o`zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug’lik, havoni ionlash, 
portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va 
boshqalar). Har bir tekshiriladigan ob`ektda o`tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob`ekt 
(tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ruyxati tuziladi. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling