Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
HFX
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Faoliyat va uni xavfsizligini ta`minlash
Tahlil usuli. Xavfsizlikni ko`ngilsiz voqea ro`y berishdan oldin (aprior) yoki keyin
(aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikki holda qo`llaniladigan usul bevosita yoki aksincha bo`ladi. Aprior tahlilda shu tizimga xos bo`lishi mumkin bo`lgan (yashirin) kungilsiz voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha holatlar to`plami tuziladi. Aposterior tahlil esa ko`ngilsiz voqea yuz bergandan so`ng kelajakda tadbirlar ishlab chiqishdir. Bu ikki uchul bir- birini to`ldiradi. To`g’ri usulda taxrir qilishda oqibatni oldindan kurish uchun sabablar o`rganiladi. Teskari usulda esa oqibat tahlil kilinib, sabablari aniqlanadi. Bu usullarning asosiy maqsadi ko`ngilsiz voqealarni oldini olishdir. Voqealarni kelib chiqish ehtimoli va tezligi ma`lum bo`lsa, vokeaning taxminan qanday natija bilan tamom bo`lishini aniqlash mumkin. Xavfsizlikning tahlilida tizimning parametrlarini yoki chegarasini aniqlash asosiy masala hisoblanadi. Agar tizim juda chegaralangan bo`lsa, biror xavfli hollar yoki omillar etibordan tashqarida qolishi, agar tizimga o`ta keng qaralsa, tahlil natijalari noaniq bo`lishi mumkin. Tahlil o`tkazish darajasi aniq maqsadlarga bog’liq. Aniq bir holatda ogohlantirish yo`li bilan ta`sir qilish mumkin bo`lgan hodisalarni aniqlash umumiy ish uslubi hisoblanadi. Сақлагич қулфнинг йўклиги Чиқиш ёки кириш Фиксатор кучининг йўқолиши Троснинг узилиши Чиқиш ва кириш Техник назоратнинг йўқлиги Троснинг занглаши, коррозияси 3. Faoliyat va uni xavfsizligini ta`minlash «Inson-muhit», «inson-ishlab chiqarish» va boshqa tizimlar murakkab ko`p tarkibli uyushmalardan (tizimlardan) hisoblanadi. Xavflarni o`rganish va tahlil jarayonida tarkiblarga ajratiladi (2.4., 2.5.-rasmlar). 2.4.-rasm. Faoliyat modeli: 1-inson; 2-muhit; 3-aks ta`sir qiluvchi aloqalar. Aniq faoliyat sharoitida bu turkumlar (elementlar) yanada ravshanlashadi. SHuning uchun faoliyatni loyihalashda uning turkumlarini (elementlarini) etarli darajada aniqlab, to`g’ri keladigan axborot manbalaridan foydalanib, ularning xavfli xususiyatlari topiladi. 2.5.-rasm. Faoliyatni turkumlarga ajratish: 1-inson; 2-mehnat quroli; 3-mehnat vositalari; 4-quvvat (energiya); 5-mehnat mahsulotlari; 6- texnologiya; 7-flora; 8-fauna; 9-ma`lumot; 10-tabiiy iqlim; 11-mehnatni tashkil etish; 12-jamoa; n-boshqalar. 2.1.-jadval Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling