Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


– mavzu. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/56
Sana03.11.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1744071
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
Bog'liq
хаёт фаолияти

 
9 – mavzu. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal 
qilishga o`qitish tizimi. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga 
keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ijtimoiy-iqtisodiy 
oqibatlari. Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi 
 
Reja: 
1. Yo`riqnomalar o`tkazish va bilimlarni tekshirish 
2. Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish 
3. Ishlab chiqarish sanitariyasi haqida tushuncha va uning vazifalari 
4. Ishlab chiqarish shovqini va titrashlarni xususiyatlari va ularni inson 
organizmiga ta`siri 
 
1. Yo`riqnomalar o`tkazish va bilimlarni tekshirish 
Mehnat muhofazasiga o`qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish 
bo`yicha namunaviy nizomda (№ 272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot
muassasa, institut, ilmiy-tadqikot tashkilotlari, birlashma, assosiatsiya, 
korpooratsiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat`iy nazar 


220 
malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik 
xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi 
belgilangan. 
Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo`yicha 
yo`riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil 
ishlashga ro`xsat beriladi.
Bug’ va issiqlik qozonlari, yuk ko`tarish kranlari, bosim ostida ishlovchi 
idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga 
maxsus o`kuv kurslarini bitirganlari xaqida hujjatlari bo`lsagina ishlashga ruxsat 
beriladi.
Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o`qitish va ularni to`g’ri tashkil qilish 
bo`yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va 
boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. TSexlarda, bo`limlarda ishchilarni va 
ustalarni xavfsiz ish usullariga o`rgatish shu tsex hamda bo`lim rahbarlariga, 
shuningdek, o`z vaqtida va sifatli o`qitishni nazorat qilish esa mehnat 
muhofazasi bo`limlari zimmasiga yuklatiladi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling