Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/41
Sana27.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1726258
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I

teatr san'atining
qiziqchilik, masxaraboz- 
lik, askiya, qo'g'irchoq teatri kabi turlari keng rivojlangan. 
Sahnalashtirilgan ko'rinishlar aholiga zavq berishdan tashqari, 
jamiyatda mavjud bo'lgan kirdikorlarini ochish uchun ham 
qo'llanilgan. Aktyorlar turli obrazlar orqali xon saroyi vakillari, 
qozi, hokim, tanobchi kabi hukmron tabaqa vakillarining kam- 
chiliklari ustidan kulib, ularning kirdikorlarini fosh qilganlar. 
Ayniqsa, XIX asrda Zokirjon, Zokir eshon, Matxoliq qiziq, Sa'di 
Maxsum kabi taniqli aktyorlar yetishib chiqqan edi. Bundan 
tashqari, xonlikda dorbozlik, akrobatika, ot o'yin kabi mahalliy 
aholi qadrlaydigan san'at turlari mavjud ediki, ular bozorlarda, 
bayramlarda, sayllarda o 'z ko'rinishlari bilan estetik zavq 
bag'ishlagan.
Qo'qon xonligida adabiyot va san'at o'z navbatida xattot- 
likning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatgan. Shoirlar, yozuvchilar, 
miniatyurachilar ijodlari o'ziga xos 
xattotlik
maktabining vujudga 
kelishiga sabab bo'ldi. H. Bobobekov xattotlik san'ati haqida ma'- 
lumot berar ekan, Muhammad Latif, Mirzo Sharif Dabir, Abdul-
- 7 9 -


g'ozi X o'ja Ho'qandiy, Turdi Ali, Mirza Bobokalon Ho'qandiy, 
Mirza Mir Mahmudiy, Mir Afzal Ho'qandiy, Muqimiy, Mu­
hammad Tohir Ho'qandiy, Abduqodir Qori, Mirmuhammad Qori, 
Mir Olim, Rojiy, Husayinjon Hoji, Mirzo Xayrullo, Abdulmajid 
Qori Muhrkan, Mavlonqul Qori, Muhammad Yusuf, Ahmadjon, 
Nosirhoji Muhammad, Muhammad Aminjon kabi ko'plab xat- 
totlik san'ati bilan shug'ullangan shaxslarning nomlarini keltirib 
o'tgan. Shu bilan birgalikda xattotlar tomonidan bajarilgan ayrim 
namunalar ham berilgan: “Zafamomai Xudoyorxoni”, “At-tasrif 
al-Izzi”, “Al-qofiya”, “Gulshan roz”, “Devoni Lutfiy”, “Haft 
avrang”, “Chohar devon Amir Alisher Navoiy”, “G'aroyib al-sa- 
g'ir”, “Devoni Fuzuliy”, “Qulliyoti Dedil”, “Al-Qur'on” shular 
jumlasidandir.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling