Namangan davlat universiteti ikromova musharrafxon nematillayevna maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko
Download 0.87 Mb.
|
автореферат Икромова М Н 25 04
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-jadval Tayyorlov guruhidagi tarbiyalanuvchilarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllanganlik darajasini aniqlash jadvali
- 6- jadval. Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarda algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllanganlik darajasining tajriba-sinov yakunidagi umumiy holati
- 7-jadval Tajriba-sinov yakunida x
- 3- rasm. Tajribadan keyingi sinov natijalarining gistogrammasi
- 8-jadval. Statistik tahlil kattaliklarining qiymatlari
4-jadval
O‘rta guruh tarbiyalanuvchilarшda obrazli tafakkur tashkil etuvcnilarini shakllanganligi asosida algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllanganlik darajasining tajriba-sinov yakunidagi umumiy holati.
5-jadval Tayyorlov guruhidagi tarbiyalanuvchilarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllanganlik darajasini aniqlash jadvali
5-jadval asosida 6-jadvalni tuzib olamiz. 6- jadval. Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarda algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllanganlik darajasining tajriba-sinov yakunidagi umumiy holati
Ushbu natijalar bo‘yicha statistik tahlillarni amalga oshirish uchun tajriba va nazorat guruhlaridagi baholash ko‘rsatkichlarini mos ravishda xi va yj deb belgilab, ularga mos keluvchi quyidagi 1- va 2- variatsion qatorlarni tuzamiz (q. 7-jadvalga): 7-jadval Tajriba-sinov yakunida xi va yj baholash ko‘rsatkichlariga mos keluvchi 1- va 2- variatsion qatorlar.
Bunda, ni – tajriba guruhidagi tarbiyalanuvchilar soni, mj – nazorat guruhidagi tarbiyalanuvchilar soni. B u tanlanmalarga mos keluvchi gistogrammalar 3- rasmda tasvirlangan. 3- rasm. Tajribadan keyingi sinov natijalarining gistogrammasi. Gistogrammadan ko‘rinadiki, tayyorlov guruhining tajriba guruhidagi tarbiyalanuvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari nazorat guruhi tarbiyalanuvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan baland. Demak, tajriba guruhida tajribadan o‘tkazilgan metodikaning samarali ekanligi isbotlandi. Statistik tahlilda har ikki tanlanma bo‘yicha o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini hisoblaymiz: Foizda . Samaradorlik – Demak, tajriba guruhlarida mashg‘ulotlar kompyutersiz va kompyuter o‘yinlaridan foydalangan holda olib borilganda tarbiyalanuvchilarda algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllanganlik darajasi nazorat guruhidagiga nisbatan o‘rta hisobda 12,87% ga oshgan. Yuqoridagi natijalarga asoslangan holda, tajriba yakunidagi umumiy holat uchun o‘rta qiymatlar, o‘rtacha kvadratik chetlanish, tanlanma dispersiya, variatsiya ko‘rsatkichlari, Styudentning tanlanma mezoni, Styudent mezoni asosida erkinlik darajasi, Pirsonning muvofiqlik mezoni va ishonchli chetlanishlari aniqlandi (q. 8-jadval). 8-jadval. Statistik tahlil kattaliklarining qiymatlari
Natijalarga asoslanib, tajriba-sinov ishlarining sifat ko‘rsatgichlarini hisoblasak. Tajriba-sinov ishlaridan ma’lumki, =3.48; =2.96; . Bundan sifat ko‘rsatgichlari quyidagicha bo‘ladi: Demak, kompyutersiz va kompyuterli o‘yinlari yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlari samarador ekan. XULOSA Mazkur tadqiqot ishini amalga oshirish natijasida quyidagi xulosaga kelindi: 1. Jahon amaliyoti va ilmiy tadqiqotlar tahlili ta’lim tizimida, maktabgacha ta’limdan boshlab algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda dasturlash asosiy yondashuvlardan biri ekanligini, shuningdek mashg‘ulotlarni kompyutersiz, kompyuterli faoliyat hamda ularning integratsiyasi asosida o‘tkazish ta’lim samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi. 2. Algoritmik hamda mantiqiy tafakkur maktabgacha yoshda bir-birini qo‘llab, to‘ldirib shakllanar ekan, ularni shakllantirish va rivojlantirish shu yosh davrida shakllanuvchi obrazli tafakkurning tashkil etuvchilarini rivojlantirishga, shuningdek algoritmlar bilan ishlashga qaratilgan ta’limni tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan holda olib borish bolalarni kelgusi bosqich – maktab ta’limiga, shu bilan birga kelajak kasblariga, xususan dasturlashga tayyorlaydi. 3. Ushbu tadqiqot ishida nazarda tutilgan vazifalar, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’naviy barkamol va intellektual jihatdan rivojlangan shaxsni tarbiyalash kabi maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. 4. Maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarining shakllanish darajasi ularning kognitiv rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari mamlakatimizda yetarli darajada olib borilmagan. Hayotimizning barcha jabhalariga raqamli texnologiyalari kirib kelayotgan bir davrda ushbu sohada tadqiqotlar olib borish, milliy, fanlararo integrativ va zamonaviy xarakterdagi tadqiqot ishlarini amalga oshirish zarurligi O‘zbekiston, MDH mamlakatlari va xorijlik olimlar ishlarini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish orqali aniqlandi. 5. Maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonlarida didaktik va kompyuter o‘yinlaridan foydalanilganda ta’lim samaradorligi o‘rtacha 12,5 % ga ortishini o‘tkazilgan matematik-statistik tahlil va hisoblashlar orqali isbotlandi. Shuningdek, tadqiqot natijasida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: Mashhur pedagog Mariya Montessorining: “Hayotning muhim davri talabalik emas, tug‘ilgandan olti yoshgacha bo‘lgan davr hisoblanadi, chunki ushbu davrda insonning buyuk quroli – uning ongi shakllanadi” – deb aytgan fikriga asoslanib, bolalarning ilk va maktabgacha yosh davridan rivojlanishiga e’tiborni yanada kuchaytirish zarur; maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonlariga zamonaviy usullar va texnologiyalarni tatbiq qilish muammolari bo‘yicha keng ko‘lamli izlanishlar va tadqiqotlar miqdorini oshirish va bunda xorijiy tajribalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi; maktabgacha yoshdagi bolalarni kelajak kasblariga tayyorlash, ularning algoritmik fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishda raqamli va dasturlovchi o‘yinchoqlar yoki robototexnika vositalaridan, Scratch JN dasturidan foydalanish ta’lim samaradorligining yanada oshishiga xizmat qilishini nazarda tutib, maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat Standartida keltirilgan 3-ilovadagi o‘yin va o‘yinchoqlar ro‘yhatiga raqamli va dasturlovchi yoki robototexnika to‘plamlari hamda Scratch JN dasturini kiritish zarur; maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalarini umumlashtirib, tarbiyachi-pedagoglar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini zamon talablari asosida olib borish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalarni Vazirlik tavsiyasi asosida ishlab chiqib amaliyotga joriy etish кеrак. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling