Namangan davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti menejment kaffedrasi
Download 118.53 Kb.
|
Mahfuza Yo`ldasheva Kurs ishi
Mehmonxonada ovqatlanish shakli- yashash narxiga kiritilgan va mehmonxonada qolish vaqtida mijozga taklif qilinadigan oziq-ovqat va ichimliklar.
Oziqlanishning asosiy shakllari Mehmonxonadagi oziq-ovqat turi xona turidan keyin darhol ko'rsatiladi. Qoida tariqasida, u ikki yoki uchta lotin harflari bilan belgilanadi: · RO(Faqat xonada) - ovqatsiz. · EP(Yevropa rejasi) , BO(Faqat yotoq) AO(Faqat turar joy) YO'Q- ovqat yo'q. · BB(yotoq va nonushta) - nonushta. Qoida tariqasida, bu bufet nonushtasini anglatadi. Bufet varianti. Ham sovuq, ham issiq ovqatlarni o'z ichiga oladi. Taomlarning xilma-xilligi mamlakatdan mamlakatga juda farq qiladi. · HB(Yarim pansion) - yarim pansion. Qoida tariqasida, nonushta va kechki ovqat, lekin nonushta va tushlik ham mavjud. · Facebook(To'liq pansion) - to'liq pansion (nonushta, tushlik va kechki ovqat). · AI(All inclusive) - all inclusive - nonushta, tushlik va kechki ovqat (bufet). Kun davomida cheksiz ichimliklar (alkogolli va alkogolsiz) va qo'shimcha ovqatlar (ikkinchi nonushta, tushdan keyin choy, kechki ovqat, engil atıştırmalıklar, mehmonxona barlarida barbekyu va boshqalar) taklif etiladi. XULOSA Turizm sohasining rivojlanishi bu bevosita mehmonxona xo„jaligining xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish bilan bog„liq. Boy turistik resurslarga ega bo‟lishiga qaramay, O„zbekistonda mavjud imkoniyatdan foydalanish darajasi past. Turizm ko‟lamining kengayishi bilan xizmat ko‟rsatish korxonalarining, jumladan mehmonxonalar soni ham oshib boraveradi. Shunday ekan mehmonxonalarni rivojlantirish mamlakatlardan o‟rganib, milliylikni targ‟ib qilgan xolda joriy etish bugungi kunning muhim vazifasidir. Mehmonxona biznesi va sayyohlikni rivojlantirish jarayonida kadrlar tayyorlashga qaratilgan e‟tibor ham o‟z samaralarini berib kelmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi turizm yo‟nalishidagi kollejlar, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining “Xalqaro Turizm” fakulteti, “Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti” hamda poytaxtimizdagi “Singapur menejmentni rivojlantirish” institutida sayyohlik marketing va menejmenti, xizmat ko‟rsatish, xalqaro turizm, mehmonxona xo‟jaligi va restoran ishi yo‟nalishlari bo‟yicha mutaxasislar tayyorlanmoqda. Mazkur ta‟lim dargohlarida tashkil etilgan mahsus mehmonxona markazlari talabalarning nazariy bilimini amalda mustahkamlashida muhim ahamiyat kasb etayotir. Dunyo miqyosida yakka tartibda sayohat qilishning ko‟payishi shinam va ihcham xususiy mehmonxonalar tarmog‟ini rivojlantirishni taqazo etadi. O‟zbekistonda ham xususiy mehmonxonalar tarmog‟i jadal rivojlanmoqda. Ihcham va qulay mehmonxonalarda mijozlar uchun tarixiy maskanlarga, tabiat qo‟yniga sayohatlar tashkil qilish kabi xizmatlar ko‟rsatishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda sayyohlikning barcha yo‟nalishlari va xizmatlarini, xususan, mehmonxona biznesini rivojlantirish, chet ellik sayyohlar oqimini 72 ko‟paytirishga erishish borasida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‟lamli islohotlar o‟zining yanada yuksak samaralarini berishi shubxasizdir. Shunday qilib, yuqoridagi samaradorlik tizimida 6 ta ko‟rsatgich mavjud edi. Ularni mehmonxona xo‟jaliklariga moslashtirish jarayonida bittaga kamayishi va ularga yana 3 ta ko‟rsatgich qo‟shilib, jami 8 ta ko‟rsatgichni tashkil qilish mumkinligi asoslanmoqda. Ushbu ko‟rsatgichlar tizimi quyidagilardan iborat: mehmonxona xo‟jaliklari xarajatlari samaradorligi; mehmonxona xo‟jaliklarining umumiy invistitsiyalari samaradorligi; mehmonxona xo‟jaliklari aktivlari samaradorligi; mehmonxona xo‟jaliklari asosiy vositalari samaradorligi; mehmonxona xo‟jaliklari nomoddiy aktivlar samaradorligi; mehmonxona xo‟jaliklari aylanma mablag‟lar samaradorligi; mehmonxona xo‟jaliklari mehnat unumdorligi; mehmonxona xo‟jaliklari o‟z mablag‟lari samaradorligi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari singari turizm va mehmonxona xo‟jaliklarida ko‟rsatiladigan xizmatlar samaradorligini oshirish ham nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Zero, mazkur sohadagi tadbirkorlikning muvaffaqqiyati bevosita undagi samaradorlikning darajasiga bog‟liq. Ammo turizm sohasining asosiy tarmoqlaridan biri bo‟lgan mehmonxona xo‟jaliklarida samaradorlik masalasi yetarli darajada tadqiq qilingan emas. Shu tufayli ushbu masalani tadqiq qilish bugungi kunda hayotiy zaruratga aylandi. Har qanday mavzuni, kategoriya va tushunchalarni tadqiq qilish uning nazariy masalalarini o‟rganishdan boshlanadi. Eng muhimi, hozirgi paytda barcha ko‟rsatgichlar amaliy ma‟lumotlar asosida aniqlanadigan, mehmonxona xo‟jaliklari faoliyatini tahlil qilganda o‟rganadigan va samaradorlikni oshirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanadigan bo‟lishi lozim. Turizmning rivojlanishi mehmonxona xo‟jaligida samaradorlik va xizmatlarning sifatini oshirish bilan bog‟liq. Boy turistik resurslarga ega bo‟lishiga qaramay, O‟zbekistonda mavjud imkoniyatdan foydalanish darajasi talab qilingan 73 holatdan ancha past. Turizm ko‟lamining kengayishi bilan xizmat ko‟rsatish korxonalaring, jumladan mehmonxonalar soni ham oshib boraveradi. Bu mehmonxonaga kelgan har qanday kishi his qilishi lozim. Bu, ayniqsa xorijdan kelgan mehmonlar uchun muhimdir. Ularning mamlakatimiz to‟g‟risidagi tasavvuri o‟zgarish bilan birga boshqa yaqinlarini ham mamlakatimizga turist sifatida kelishga da‟vat etishi mumkin. Mehmonxona biznesida raqobatda ustunlikka erishishning asosiy yo‟nalishlaridan biri raqobatchilarga nisbatan yuqori sifatga ega xizmatlarni taklif etish hisoblanadi. Mehmonxonada korporativ boshqaruv – bu biznesning tashkiliy-huquqiy rasmiylashtirilishini, tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosabatlarini tashkil qilishdir. Korporativ boshqaruv tizimiga kiruvchi mehmonxonalar, hammasi ham shu mehmonxona tizimlarining shaxsiy mehmonxonalari hisoblanmaydilar. Chunki turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mehmonxona industriyalarining o‟rni aloxidadir. Turistik mehmonxonalarni jahon andozalari darajasida tamirlash va yangi zamonaviy mehmonxonalarni bunyod qilish uchun katta sarmoyalar ajrata boshlandi. Korporatsiyalar mijozlarga alohida xizmat ko‟rsatish va muomala qilishga juda ko‟p mablag‟ sarflaydilar va ular bunda muvaffaqiyat qozondilar. Xulosa qilib shuni ta‟kidlash joizki, mehmonxonalarda korporativ boshqaruv tizimini samarali boshqarishda xorij tajribasidan foydalanish juda asos bo‟ladi. Xususan O‟zbekistonda bu tajribadan foydalanish xozirda qo‟llanib kelinmoqda. Kelajakda mehmonxona xo‟jaligini tashkil etish bo‟yicha yetuk kadr bo‟lib yetishamiz degan umiddaman. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Тухлиев Н., Абдуллаева Т. “Основы безопасности в туризме”. –Т.: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2008. 2. Тухлиев И.С., Ҳаитбоев Р., Сафаров Б.ш., Турсунова Г.Р. “Туризм асослари”. Дарслик. Т.: “Fan va texnologiya”, 2014. 3. Филлиповский Е.Е., Шмарова Л.В “Экономика и организация гостиничного хозяйства”. Учебное пособие.-М.: ФиС, 2006. 4. Чудновский А.Д. “Туризм и госиничное хозяйство” М.: ЮРКИНГА. 2005. 5. Яковлев.Г.А “Экономика и статистика туризма”. Учебное пособие. М.: Изд. 2005. 6. “Turizm infratuzilmasini rivojlantirishning metodologik, uslubiy asoslarini takomillashtirish”. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. SamISI, 2015. 7. “Turizm xizmatlar bozorini rivojlantirish istiqbollari”. Respublika ilmiy amaliy anjuman materiallari. SamISI, 2015. 8. O„zbekiston Respublikasi Statistika Qo„mitasining “Основые показатели развития туризма и отдыха в республике Узбекистан в 2015 году” nomli statistik ma‟lumotlari. VI. Internet saytlari 1. http://www.wto-marketing.ru– sayt VTO 2. http://www.tourism.uz 3. http://www.tour.uz 4. http://hotels.travel.ru france. 5. http:// www. oktogo.ru 6. uzbekturizm.com Download 118.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling