Milliy hisoblar tizimi (MHT) iqtisodiy statistikaning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi. Shuning uchun biz o’rganayotgan milliy boylik statistikasini tadqiq qilishda, uni barcha qirralarini takomillashtirish borasida shu MHT-93-ga tayanmoq zarur. MHT-93 ning asosiy schetlari ichida “Kapital bilan qilinadigan harakatlar” schetini to’liq holda qo’llash, uni yuritish uchun tayyorlangan uslubiy ko’rsatmalardan foydalanish milliy boylik statistikasini toraytirilgan ramkada (tushunchada) taqqoslanadigan holda hisoblash imkonini beradi. Milliy boylik ko’rsatkichi statistikada 1994 yilga qadar asosan mamlakatning iqtisodiy aktivlari hajmi doirasida tushunilardi. Bu hol xalqaro tashkilotlar va ko’pgina rivojlangan mamlakatlar statistikasida mavjud edi. Ammo Rossiya Federatsiya statistikasida (Goskomstat RF) hanuzgacha milliy boylik hajmi mamlakatning sof iqtisodiy aktivlarining yig’indisi sifatida hisoblanmoqda, darsliklar va o’quv qo’llanmalarida ham shu kontseptsiya asosida milliy boylikning mohiyati, tarkibi, hisoblash uslubiyatlari talqin qilinmoqda. Ma’lumki iqtisodiy aktivlar – iqtisodiy ob’ekt bo’lib, unga institutsional birliklarning mulki hisoblanadi, undan egalik qilish yoki foydalanish tufayli iqtisodiy manfaat olinadi. Muhim manfaat - bu kelajakda daromad olish imkoniyatidir. Ba’zi bir aktivlar: binolar, jihozlar va boshqalar tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko’rsatishda faol qatnashadi hamda foyda keltirishda ulushga ega bo’ladi. Ba’zilari esa, masalan moliyaviy aktivlar – aktivlar egasiga egalik qilgani uchun mulk daromadini keltiradi. BMT ning MHT – 93 dagi kontseptsiyasiga muvofiq mamlakat (tarmoq, sektor, hudud) ning mulkiy holati – milliy boyligi sof aktivlar qiymatiga tengdir. Bu ko’rsatkichni hisoblashda “Aktivlar va passivlar balansi” dan foydalaniladi. Aktivlar va passivlarning davr boshi (oxiri) dagi balansi:
Do'stlaringiz bilan baham: |