Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.2-jadval Jahonning bir qator mamlakatlarida milliy boylikning tarkibi, % (1997 yil)
- 12.3-jadval O’zbekiston milliy boyligi (solishtirma baholarda, yil oxirida, mlrd. so’m)
- 12.4-jadval O’zbekiston Respublikasini sobiq ittifoq milliy boyligidagi salmog’i (1990
12.1-jadvalJahonning ayrim mamlakatlarida milliy boylikning hajmi(1997 yil)
12.2-jadval ma’lumotlari asosida milliy boylik tarkibini tahlil qilish mumkin. Ko’rinib turibdiki, Yaponiyada inson kapitalining salmog’i 68%ga teng, Rossiyada esa 50,0 %, AQShda va Xitoyda bu ko’rsatkich 77%ni tashkil etadi. Tabiiy resurslar bo’yicha birinchi o’rinda Saudiya Arabistoni (42%), ikkinchi o’rinda Rossiya. Yaponiya va Angliyada bu ko’rsatkich bor-yo’g’i 1-2%ga teng. 12.2-jadval Jahonning bir qator mamlakatlarida milliy boylikning tarkibi, % (1997 yil)
O’zbekiston Respublikasida tabiiy kapitalning qiymatini hisoblash masalasi echilmagani uchun «Aktivlar va passivlar balansi»ning faqat asosiy fondlar va moddiy aylanma mablag’lar balanslari tuzilar edi. Bu hol hanuzgacha davom etmoqda. Demak, bugungi kunda Respublikamizda milliy boylikning tarkibi, hajmi, tarkibiy tuzilishi va dinamikasi Xalqaro standartlarda hisoblanmaydi. Jahon mamlakatlari orasida Respublikamizning tutgan o’rnini bilish, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan milliy boylik hajmini hisoblash, mamlakatimiz regionlarining salohiyatini baholash va undan foydalanish darajalarini hisoblash hamda boshqa iqtisodiy-statistik tahlilni amalga oshirish uchun milliy boylik hajmini xalqaro standartlarda hisoblash zarurdir. Statistika fanida milliy boylikning tarkibiga milliy mulk - mehnat mahsuli bo’lgan va hisoblash vaqtida mavjud bo’lgan boylikdan tashqari tabiat in’omi hisoblangan boyliklar: qazilma resurslari, er resurslari, iqlim, suv resruslari, o’simlik (o’rmon va boshqalar), hayvon resurslari va boshqa tabiiy in’omlar ham kiritilishi maqullangan. Biroq bunda milliy mulk – qiymat shaklida, tabiiy in’omlar faqt natural shaklida ifodalanishi taklif qilingan. Milliy boylik hajmi va tarkibini shu 3 xil metodda hisoblash tarafdorlari O’zbekistonda ham mavjud edi. O’zbekistonda milliy boylik hajmi va tarkibi bo’yicha quyidagi ma’lumotni ko’rishimiz mumkin: 12.3-jadval O’zbekiston milliy boyligi (solishtirma baholarda, yil oxirida, mlrd. so’m)
Shu davr ichida asosiy fondlarning hissasi (salmog’i) 2,7.p.p. ga oshdi, ammo aholi uyida jamg’arilgan molk-mulkning salmog’i 7,8 punktiga pasaydi. O’zbekiston tabiiy in’omlarga boy mamlakat, ammo aholisi va xalq xo’jaligida band bo’lganlarning milliy mulk bilan ta’minlanishi juda past bo’lgan. 12.4-jadval O’zbekiston Respublikasini sobiq ittifoq milliy boyligidagi salmog’i (1990yil)
12.4 - jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasining sobiq ittifoqdagi salmog’i: aholi soni bo’yicha 7,1 foiz bo’lgan bir paytda milliy boylik (mulk) dagi salmog’i atigi 3,6 foiz, aholining uyida jamg’arilgan molk-mulkda esa 4,1 foiz, yoki o’rtacha darajaning 57,5 foizini tashkil etgan. Milliy boylik (mulk) va uning elementlarini jon boshiga to’g’ri keladigan darajasini solishtirganda ham shu natijani olamiz. Ammo ba’zi bir siyosatchi - tadqiqotchilar O’zbekistonda tug’ilish darajasi yuqori bo’lganligi sababli bunday nomutonosiblik yuzaga kelgan deyishlari mumkin. Bunday noilmiy qarashlarga javoban biz boshqa ko’rsatkichdan foydalanishni ham taklif qilmoqchimiz: xalq xo’jaligida band bo’lgan o’rtacha bir xodimga to’g’ri keladigan milliy mulkni darajasini solishtirsak, unda 32491 rub va 20567 rub (163,4 mlrd.rub/7944,8 ming kishi) , ya’ni O’zbekistonning darajasi 63,3 foizni tashkil etadi. Demak, O’zbekistondagi xodimlar milliy boylik (mulk) bilan past darajada ta’minlagan ekan. Milliy boylikni – milliy mulk doirasida hisoblashni O’zbekiston statistika xizmati keyingi davrlarda ham davom ettirdi. Respublikadagi ba’zi iqtisodchilar Milliy boylikni milliy mulk va iqtisodiy oborotga tortilgan tabiiy in’omlar yig’indisi sifatida qarasalarda, ammo O’zbekistonda qadimiy asori – otiqalar, shu jumladan, bebaho diniy obidalar borki, ularni qiymatini hisoblab bo’lmaydi degan fikrni ilgari suradilar. To’g’ri O’zbekistonning g’ururi bo’lgan qo’lyozmalar va tarixiy obidalar, noyob va betakror antikvar buyumlar borki, ularni baholash birmuncha murakkabdir. Biroq Saudiya Arabistoni, Italiya, Xitoy, Frantsiya va boshqa mamlakatlarda bu masalalar echilgan. Masalan, Saudiya Arabistonining milliy boyligi (Jahon banki kontseptsiyasi bo’yicha 3 - omil, kapital bahosi) ning umumiy hajmi 1997 yil ma’lumotlari bo’yicha hisoblangan, unda qayta tiklanadigan, fizik kapitalning salmog’i 18,0 foizga tengligi aniqlangan. Demak, bu muammoni echish mumkin ekan. Jahon bankining kengaytirilgan kontseptsiyasi asosida milliy boylikni hajmini hisoblash borasidagi hisob-kitoblarida O’zbekiston to’g’risida ma’lumotlar yo’q. Shuni qayd qilish kerakki, respublikada “Aktivlar va passivlar balansi”ni tuzish borasida bir muncha tajribalarning mavjudligini e’tiborga olib, “inson kapitali” ni baholashni yo’lga qo’yish va milliy boylik hajmini hisoblash mumkinligini ta’kidlamoqchimiz. Bu o’rinda ilmiy – tekshirish institutlari, oliy o’quv yurtlari va boshqa tashkilotlarning ko’magi zarurdir. Rossiya Fanlar Akademiyasi Iqtisod instituti, Rossiya Goskomstati va boshqa ilmiy-loyiha tashkilotlari hamkorligida Jahon Banki kontseptsiyasi asosida Rossiya va MDH ga kiruvchi boshqa respublikalar bo’yicha hisoblashning ilmiy-uslubiy asosi yaratilayotganini ham ta’kidlash joiz. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling