Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


BOB. MILLIY BOYLIK STATISTIKASI


Download 1.34 Mb.
bet143/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

BOB. MILLIY BOYLIK STATISTIKASI




    1. Milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash masalalari

Milliy boylik – makroiqtisodiy statistikaning tayanch ko’rsatkich-laridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) – mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori esa – mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.


Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligini hajmini hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shug’ullanganlar. Iqtisodiyot va statistika tarixdan ma’lumki, milliy boylikning hajmini birinchi bor Angliyada (1664 yilda) U.Petti hisoblagan. Bu ko’rsatkich Frantsiyada 1789 yilda, AQSh da 1805 yilda va Rossiyada esa 1864 yilda hisoblangan.
Milliy boylikning tarkibiy qismlarini belgilash, ularni yagona kontseptsiyalar asosida qiymatini, strukturasini, dinamikasini hamda foydalanish darajasini hisoblash va iqtisodiy statistik tahlil qilish maqsadida BMT statistika komissiyasi huzurida va Jahon banki panohida Dj.Dikson (AQSh) va K.Xamilton (Kanada) boshchiligida ishchi guruhi tuzildi. Bu guruh 1997 yilda 92 mamlakat bo’yicha (1994 yil ma’lumotlari asosida) va 2000 yilda 10 mamlakat bo’yicha (1997 yil ma’lumotlari asosida) milliy boylikning elementlari bo’yicha qiymatini, strukturasini va jon boshiga to’g’ri keladigan darajasi hamda indeksini hisoblashdi(12,1 jadvalga qarang). Jahon Banki Milliy boylik hajmini va strukturasini hisoblash uslubiyatini yanada takomillashtirish ishlarini davom ettirdi. Chunonchi 2000 yilning avgustidagi “Daromadlar va boyliklarni tadqiqotlari xalqaro assotsiatsiyasi” ning umumiy 26- konferentsiyasida turli mamlakatlarni rivojlanishi to’g’risidagi yig’ma hisoblashlarning natijalari haqida ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi. Shu ma’ruzalar orasida K.Xamiltonning chiqishi ko’pchilikni e’tiborini o’ziga qaratdi. Unda jahonning 110 mamlakatida milliy boylikni 1997 yildagi jon boshiga to’g’ri keladigan darajasi va uni o’sishi sur’atlari hisoblangan. K.Xamilton hisob-kitoblarida Sharqiy Evropa mamlakatlari (sh.j. Rossiya) bo’yicha ham ma’lumotlar keltirilgan.
(12.1-jadvalga qarang).
K.Xamiltonning hisob-kitoblariga qaraganda ko’pgina mamlakatlarda (jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM darajasi o’rtacha jahon darajasidan past bo’lganlarida) umumiy kapital hajmini o’sishi sur’ati aholi sonini o’sishi sur’atidan past. Bu hol shu mamlakatlarda aholi farovonligini pasayishi jarayoni yuz berayotganinini ko’rsatada.
Hisob-kitoblar va ularning natijalarini tahlil qilinishi natijasida ma’lum bo’lgan “boylar boyimoqda, kambag’allar qashshoqlashmoqda” iborasi tasdiqlandi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling