Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Mehnat resurslarining mutlaq o’sish ko’rsatkichi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar Hisoblash tartibi Izoh
Mehnat resurslarining mutlaq o’sish ko’rsatkichi ( МРкуп ) yuqorida qayd
etilgan 16 yoshga to’lgan aholi soni (U16esh), xalq xo’jaligiga jalb qilingan mehnat yoshida bo’lmagan o’smirlar (Us), pensionerlar (Ps) va mazkur hududga kelganlar (KELme) soni yig’indisidan iborat: МРкуп =U16esh+Us+Ps+KELme Mutlaq ko’rsatkich mehnat resurslarining potentsial sonining o’zgarishini tavsiflaydi. Biz xohlaymizmi, xohlamaymizmi vaqt o’tishi bilan inson mehnat qobiliyatini yo’qotib boradi. Bu tabiiy hol. Mehnat qobiliyatini yo’qotganlar sonini oshib borishi mehnat resurslari sonining kamayishiga olib keladi. Mehnat resurslari sonining kamayishini statistika quyidagi ko’rsatgichlar yordamida o’rganadi: mehnat yoshidan o’tganlar koeffitsienti; mazkur yilda mehnat yoshida o’lganlar koeffitsienti; pensiyaga chiqqanlar koeffitsienti; mazkur hududdan ketgan mehnat yoshidagilar koeffitsienti; mehnat resurslari safidan chiqqanlarning umumiy koeffitsienti; mehnat resurslarining mutlaq kamayish ko’rsatkichi. Mehnat resurslarining kamayishini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni hisoblash tartibi va ular nimani ifodalashi 11.7-jadvalda keltirilgan. 11.7-jadval Mehnat resurslarining kamayishini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni hisoblashtartibi
Demak, mehnat resurslarining kamayishi mehnat yoshidan o’tgan aholi soni, mehnat yoshida o’lganlar, pensiyaga chiqqanlar, mazkur xududdan ketgan mehnat yoshidagi aholi soni evaziga sodir bo’lar ekan. Statistika mehnat resurslaridan foydalanish darajasini aniqlash maqsadida quyidagi ko’rsatkichlar tizimidan foydalanadi: mehnat resurslarining bandlik koeffitsienti; iqtisodiy faol aholining yuklama koeffitsienti; aholi yosh tarkibining samaradorlik koeffitsienti. Bu ko’rsatkichlarning mutlaq va nisbiy qiymatlarini hududlar, tarmoq va sektorlar, mulkchilik shakllari miqyosida hisoblash mumkin. Vaqt bo’yicha o’zgarishini tahlil qilish, u yoki bu qonuniyatni aniqlash maqsadida dinamik ko’rsatkichlar ham hisoblanadi. Mehnat resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlari quyidagi tartibda aniqlanadi (11.8-jadval). Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling