Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


yoshga to’lgan bolalar koeffitsienti


Download 1.34 Mb.
bet138/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

16 yoshga to’lgan bolalar koeffitsienti (K16yot) 16 yoshga to’lgan o’smirlar sonini (U16yosh) mehnatga layoqatli mehnat yoshidagi aholi (Ame) soniga bo’lish yordamida hisoblanadi:

К16еш
У 16 1000

еш
Аме

Bu ko’rsatkich 16 yoshga to’lgan o’smirlar evaziga mehnat resurslarining qanchalik ko’payib borishini tavsiflaydi. 16 yoshga to’luvchilarning soni qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik (boshqa omillarni hisobga olmaganda) mehnat resurslarining soni tez sur’atlr bilan oshib boradi. Respublikamizda har yili ja’mi aholining taxminan 1,8-1,9 foizi 16 yoshga to’ladi.
Bu degan so’z respublikamizda mehnat resurslarining potentsial soni har yili, boshqa omillarni hisobga olmaganda, taxminan 1,8-1,9 foizga oshadi.
Ishga jalb qilingan o’smirlar koeffitsienti (Ku) mehnat qilish yoshida bo’lmagan o’smirlar soni (Us) ni mehnatga layoqatli, mehnat yoshidagi aholi soni (Ame) ga bo’lish yordamida aniqlanadi:

Ку
Ус
Аме
1000

Bu ko’rsatkich 16 yoshga to’lmagan, mehnat yoshida bo’lmagan, ammo ishga jalb qilingan o’smirlar evaziga mehnat resurslarining ko’payishini tavsiflaydi. Shuni aytish joizki, bu yoshdagi o’smirlarni mehnatga jalb qilish imkoniyati juda ham cheklangan, chunki ular hali hech qanday kasbiy tajriba va mahoratga ega emaslar. Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchiga bo’lgan talabni mehnat bozori, u erdagi raqobat belgilaydi.
Demak, mehnat resurslarinin to’ldirishda bu omil o’zining xal qiluvchi rolini o’ynay olmaydi. Respublikamiz aholisi tarkibida 14 yoshli o’smirlarning salmog’i 2,4 foizni, 15 yoshlilar esa 2,2 foizni tashkil qiladi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling