Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
13.1 - jadvalYaIM ning shakllanish jarayoni
Bu erda,
B - mazkur firmada jundan yigirilgan ip, sarflangan jonli mehnat (V1), yaratilgan yangi qiymat (V+m)1 -QQ; A+B - ishlab chiqarishning birinchi bosqichi uchun tayyor mahsulot (ip), ikkinchi bosqichi uchun yarim fabrikat (ORM); V - mazkur firmada ipdan to’qilgan gazmol, ikkinchi bosqichda sarflangan jonli mehnat (V2), yaratilgan yang qiymat ((V+m)2 -QQ; A+B+V - ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichi uchun tayyor mahsulot (gazmol), uchinchi bosqichi uchun esa yarim fabrikat (ORM); G - mazkur firmada gazmoldan tikilgan kostyum, uchinchi bosqichda sarflangan jonli mehnat (V3) , yaratilgan yangi qiymat (V+m)3 -QQ; A+B+V+G - ishlab chiqarishning so’nggi bosqichida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot (kostyum). Misolimizda: Oraliq mahsulot - bu jun, ip, gazlama; Qo’shilgan qiymat - bu sarflagan jonli mehnat evaziga yaratilgan mahsulot; pirovard mahsulot - bu kostyum. Harflar ishtirokida: ORM= A + (A+B) +(A+B+V)= 3A+2B+V QQ = B+V+G YaICh= A+B+V+G YaO= (3A+2B+V) +(B+V+G) = 3A+3B+2V+G YaO - bu korxona (firma) doirasida ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida bir necha marta takror qatnashgan oraliq mahsulotlar qiymatining yig’indisidir. U firmaning yalpi ishlab chiqarish oboroti deb yuritiladi. YaIMni harajatlarga asoslanib hisoblanayotganda uning tarkibiga unumsiz xarajatlar qo’shilmaydi. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi: davlatning transfert to’lovlari (qariyalar, nogironlar nafaqalari, talabalar stipendiyalari, qaytarilmaslik sharti bilan sarflangan mablag’lar); xususiy tarnsfert to’lovlari (masalan, talabalarning o’z uylaridan har oyi oladigan subsidiyalar, badavlat odamlarning turli xayriyalari va boshqalar); qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi jarayonidagi harajatlar. Bu xarajatlar garchi ishlab chiqarishga o’z ta’sirini bilvosita ko’rsatsa-da, mahsulot qiymatiga qiymat qo’shmaydi; ishlatilgan buyumlar. Bulardan tashqari YaIM tarkibiga uy-ro’zg’or doirasida ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati ham qo’shilmaydi. Masalan, o’z ehtiyoji uchun mebel tayyorlash, uy qurish, iste’mol buyumlarini, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va h.k. Shuningdek, YaIM tarkibiga pinhoniy iqtisod sohasida ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati ham qo’shilmaydi. Chunki u mahsulotlar bo’yicha rasmiy statistik ma’lumotlar yo’q. Davlat bunday axborotga ega emas. Inson bor ekan, uning ehtiyoji, iste’moli mavjuddir. Iste’mol xilma-xildir. Ularni uch guruhga bo’lish mumkin: uzoq muddatli iste’mol buyumlari (avtomobil, mebel, sovutkich, gilam, magnitofon, foto kamera va boshqalar); joriy iste’mol buyumlari (oziq-ovqat, kiyim-kechak, sigaret, tish tozalash pastasi va h.k.); maishiy xizmatlarga bo’lgan ehtiyoj (yurist, vrach, sartarosh, aloqa, transport, gigiena va boshqalar) lar. Bu ehtiyojlar tegishli xarajatlarni talab qiladi. Bunday xarajatlar shaxsiy iste’molni qondirish uchun sarflangan xarajatlardir. Har qanday mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar ikki guruhga bo’linadi: bozor tovarlari va xizmatlari; nobozor tovarlar va xizmatlar. Bozor tovarlari va xizmatlariga quyidagilar kiradi: sotilgan yoki barter qilingan tovarlar va xizmatlar; ish xaqini to’lash maqsadida xodimlarga natura shaklida berilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar; o’z tasarrufida bo’lgan korxonalarning iste’moli uchun berilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar (masalan, qo’shimcha xo’jaligi tomonidan mazkur korxona oshxonasi, bog’cha, dam olish uylari uchun berilgan oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi mahsulotlari va boshqalar); ishlab chiqaruvchining ixtiyorida qoladigan tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarish. Nobozor tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar tarkibiga qo’yidagilar kiradi: o’z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar (masalan, dehqon va fermer xo’jaliklarida yoki qo’shimcha xo’jaliklarda ishlab chiqarilgan qishloq xo’jalik mahsulotlari, o’z kuchi bilan bajarilgan qurilishlar, shaxsiy uyida bajarilgan xizmatlar va h.k.); boshqa institutsional birliklarga bepul qilingan xizmatlar va berilgan tovarlar (masalan bepul tibbiy xizmat ko’rsatish, ta’lim berish, boshqaruvni amalga oshirish va boshqalar); nobozor maqsadi yoki ishlab chiqaruvchining moddiy aylanma mablag’ga aylantirishga mo’ljallangan tovarlar va tugallanmagan ishlab chiqarish. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling