Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Ishlab chiqarish faoliyati
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
Ishlab chiqarish faoliyati «Iqtisodiy faoliyat»dan uy xo’jaligida o’zining shaxsiy iste’moli uchun bajarilgan, ammo to’lanmagan xizmatlar bilan farq qiladi. Bunday xazmatlarga: uyda ovqat tayyorlash; bolalarni tarbiya qilish; kasallarga, qariyalarga qarashish; uy-joyni ta’mirlash, supurish-sidirish; uy anjomlarini ta’mirlash; oila a’zolarini shaxsiy transportda bir joydan ikkinchi joyga tashish va hokazolar kiradi.
Bular ishlab chiqarish faoliyati bo’lib hisoblanmaydi va yalpi ichki mahsulot tarkibiga qo’shilmaydi. Ammo ishlab chiqarish faoliyati tushunchasidan uy xo’jaligida o’zining shaxsiy iste’moli uchun ishlab chiqarilgan tovarlar tushib qolmaydi. Ularga quyidagilar kiradi: qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni saqlash; o’tin tayyorlash; ov va baliq ovi; tabiat sahovatlarini yig’ish; qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash; bug’doydan un qilish; sabzavotlarni tuzlash; ichimliklar tayyorlash (masalan, uzum masalasi); mollarni so’yish va chorva mahsulotlarini qayta ishlash; kiyim-kechakni tikish; oyoq kiyimini tikish, mebel va boshqalarni tayyorlash. Uzoq muddatda foydalaniladigan tovarlar va xususiy uy joyining engil-elpi ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish faoliyatiga kirmaydi. Bozor iqtisodiyoti tizimida pinhoniy iqtisodiyot panohidagi ishlab chiqarish faoliyatining barcha ko’rinishlari ishlab chiqarish sohasiga kiradi. Bu faoliyatlar quyidagicha turkumlanadi: ta’qiqlangan tovarlar va xizmatlarni taklif etish va sotish, masalan, narkotik moddalarni ishlab chiqarish va ularni tarqatish; ta’qiqlangan faoliyat bilan shug’ullanish, masalan, tibbiy xizmat ko’rsatishga ruxsat berilmagan holda u xizmatni yashirincha bajarish; faoliyat ko’rsatishga qonunan ruxsat berilgan bo’lsa-da, quyidagilarni maqsad qilib qo’ygan bo’lsa; soliq to’lashdan va sotsial sug’urta fondiga ajratmalar ajrtatishdan bosh tortish; tabiatni muhofaza qilishdan bosh tortish; hisob berish va hisobot yuritishni rad etish. va 2-bandlarda qayd etilgan faoliyat turlari noqonuniy ishlab chiqarish va xizmatga taalluqli bo’lsa, 3 band esa yashirin, xufiyona faoliyat hisoblanadi. «Pinhoniy iqtisodiyot» sohasidagi faoliyatning yashirin faoliyat ekanligini ta’kidlash, u faoliyat makroiqtisodiy statistika tomonidan hisobga olinmaydi degan so’z emas. Ayrim taraqqiy etgan davlatlarda bu sohadagi faoliyatni hisobga olishda sezilarli yutuqlarga erishilayapti. Respublikamiz oldida ham shunday muammo ko’ndalang bo’lib turibdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida nomoliyaviy sektorni o’rni alohida. Unga turli tuman mulkka asoslangan quyidagi korxonalar kiradi: davlatga tegishli bo’lgan no moliyaviy korxonalar; xususiy korxonalar; kollektiv korxonalar; aktsioner korxonalar; kooperativ korxonalar; norezidentlar (xorijiy kishilar) tasarrufidagi no moliyaviy korxonalar. Bu korxonalarning asosiy vazifalari tovar ishlab chiqarish va moliyaviy bo’lmagan xizmat ko’rsatishdan iborat bo’ladi. Umumiy ko’rinishda bu korxonalarning yalpi ishlab chiqarishi quyidagicha hisoblanadi: YaICh=STX+BSTX bu erda, YaIM- korxonaning yalpi ishlab chiqarilgan mahsuloti; STX - sotilgan tovar va xizmatlar; BSTX - bozorga chiqarish uchun mo’ljallanmagan tovar va xizmatlar. STX ning bozor bahosidagi qiymati quyidagicha aniqlanadi: STX=A+V
bu erda: A - sotilgan tovar va xizmatlar; V - tayyor mahsulotlar g’amlamasidagi farq (bu qoldiq ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin).
TBpd=DP+STF+QQ+V bu erda: TBpd - tijorat banklarining pirovard daromadi; DP - depozitlardan tushgan foizlar; STF - sertifikatlardan tushgan foizlar; QQ - qimmatli qog’ozlarni chiqarish va undan tushgan daromadlar; V - veksellarni sotishdan tushgan daromadlar. Daromad miqdori mijozlarning bankka tez-tez murojaat qilib turishiga bog’liq. Sug’urta muassasalari asosan hayotni baxtsiz hodisalardan sug’urta qilishni, bundan tashqari uy xo’jaligi va korxonalar mulkini sug’urtalash uchun xizmat qiladi. Ular sug’urta polislari egalaridan badallar yig’ish yo’li bilan pirovard daromadlarini barpo etadilar va bu daromad sug’urta polisida ko’rsatilgan shartga binoan favqulodda hodisa sodir bo’lgan hollarda ko’rilgan zararni qoplash uchun sarflanadi. Qoplash uchun sug’urta fondining bir qismi sarflanadi. Uning ikkinchi qismi esa sug’urta xizmatlari uchun to’lanadigan haq va investitsiya uchun ajratiladi. Investitsiya sug’urta muassasasi faoliyatini kengaytirish va aktuar zaxiralarni barpo etish uchun zarurdir. Sug’urta vositalarining mahsuloti quyidagi operatsiyalarning mutanosibligi zaminida va o’zaro bog’liqligida aniqlanadi: olingan brutto-badallar (1b); investitsiyadan olingan sof daromad (2b); kapitalni investitsiya qilish jarayonida yo’l qo’yilgan yo’qotishlar yoki qo’shimcha olingan daromad (3b); shikoyatlarni bartaraf uchun qilingan sarflar (4b); aktuar zaxira (ya’ni, moliyaviy va moddiy aktivlarni ko’paytirish maqsadida qilingan investitsiya) dagi farq (qoldiq)-5b; sug’urta xizmati qiymati (6b). 1-3 bandlar sug’urta muassasalarining daromadini, 4-6 bandlar esa uning sarflanishi, ya’ni foydalanishini ifodalaydi. Sug’urta muassasalari xizmati (mahsuloti)ning qiymati quyidagi balans ko’rinishida aniqlanadi: SMpd=(1b+2b+3b)-(4b+5b)=6b. Pension fond - bu nafaqaga chiquvchi nafaqaxo’rlarni sotsial himoya qilish maqsadida xususiy va jamoa tashkilotlari tomonidan yaratiladigan fonddir. Bu fond faoliyati hukumat dasturlari orqali moliyalashtiriladigan sotsial himoyani o’z ichiga olmaydi. Pension fond faoliyatining natijasi shu fondni boshqarish bilan bog’liq bo’lgan sarflar bilan belgilanadi. U sarflar quyidagilarni o’z ichiga oladi: oraliq sarflar; fond boshqaruvi bilan bo’lgan xodimlarning mehnat haqi; pension fondga tegishli bo’lgan va iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati. Tijorat maqsadlari uchun mo’ljallanmagan mahsulot va xizmatlar nobozor mahsulotlari deb ataladi. Bu mahsulotlarning o’ziga xos xususiyati shunda-ki, ular bozordagi talab va taklif ta’sirida bo’lmaydi. Nobozor mahsulotiga davlat tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan quyidagi xizmatlar kiradi: jamiyat miqyosidagi xizmatlar; barcha yoki ayrim uy xo’jaliklariga ko’rsatiladigan xizmatlar. Birinchi ko’rinishdagi xizmatlar - bu butun jamiyat foydalanadigan xizmatlar bo’lib, ular tekinga amalga oshiriladi. (masalan, mudofaa, xavsizlik va davlat boshqaruvi xizmatlari). Ikkinchi ko’rinishdagi xizmatlarni davlat bilan bir qatorda no tijorat korxonalari va tashkilotlari ham bajarishlari mumkin. Ular pulsiz yoki imtiyozli asosida amalga oshiriladi (masalan, ta’lim olishning kontrakt shakli, sog’liqni saqlash sohasidagi ayrim xizmatlar va h.k) Tekinga yoki imtiyozli xizmatlar bo’lganligi sababli no bozor mahsulotni sotish evaziga olingan daromadlar qilingan harajatlarni qoplay olmaydi. Bu xizmatlarning qiymati bajarilgan xizmatlar uchun ketgan sarflar yig’indisidan tashkil topadi, ya’ni: oraliq iste’mol; yollangan ishchilarning ish haqi; ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’langan soliqlar; iste’mol qilingan asosiy kapital. Nobozor xizmatlarni bunday usulda hisoblash sof foydaning musbat bo’lmasligiga va yalpi foydaning iste’mol qilingan asosiy kapitalga teng bo’lishiga olib keladi. Bu degani, sof foyda nolga teng degan so’zdir. Quyidagi ko’rsatkichlar mamlakat miqyosida ishlab chiqarilgan tovarlar va bajarilgan xizmatlar qiymatini yaxlit holda umumlashtirib ifodalaydi: yalpi ichki mahsulot (YaIM) sof ichki mahsulot (SIM) Yalpi milliy daromad (YaMD) Sof milliy daromad (SMD) Bu ko’rsatkichlar majmuasini odatda «Milliy schetlar tizimi» (MST) deb yuritiladi. «Yalpi» so’zi «sof» so’ziga nisbatan «muqobil» ishlatilib milliy schetlar tizimida asosiy kapitalning oraliqdagi iste’molini (A) bildiradi (14.1 sxema).
13.1-sxema. MST dagi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar. 1 D = A-B ; A- mazkur mamlakat rezidentlarining xorijiy mamlakatlardan olgan daromadlari. B- xorijiy investorlar a ishchilarning mazkur malakatda olgan daromadlari. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling