Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) statistikasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) statistikasiYaIM - bu mamlakatning iqtisodiy faoliyatini umumlashtirib ifodalovchi ko’rsatkichdir. U mazkur mamlakat hududida joylashgan barcha rezidentlar tomonidan pirovard iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymatini anglatadi. YaIM jami ijtimoiy mahsulot (JIM=S+V+M) dan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagilardan iborat. YaIM - bu iste’molga tayyor hayotiy ne’matlarini bildiradi. Shu sababli uning tarkibiga qayta ishlash yoki qaytadan sotishga mo’ljallangan mahsulotlar kirmaydi. Bu degan so’z, ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan oraliq mahsulot va xizmatlar qiymati (masalan, xomashyo, material, yonilg’i, energiya, urug’lik, ozuqa, transport xizmati, ulgurji savdo, tijorat va moliyaviy xizmatlar va boshqa) YaIM qiymatiga qo’shilmaydi. Aks holda YaIM takroriy hisoblashlardn xoli bo’lmas edi. YaIM - bu ichki mahsulotdir. Chunki u mazkur mamlakat hududida joylshgan barcha rezidentlar (qaysi millat va qaysi davlat fuqarosiga mansub ekanligidan qat’iy nazar) tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymatini ifodlaydi. YaIM tarkibiga mazkur mamlakat rezidentlarining xorijiy mamlakatlardan olgan daromadlari (A) bilan xorijiy davlatlarga beriladigan birlamchi daromadlar (B) o’rtasidagi tafovut (±D) kirmaydi. YaIM quyidagi usullarda hisoblanadi: ishlab chiqarish usulida; taqsimlash usulida; pirovard foydalanish usulida. YaIM natura va pulda hisoblanadi. Naturada ayrim mahsulotlar hajmi, miqdori, soni aniqlanadi. Masalan, tonnada ko’mir, paxta, don, tsement; kubometr bilan esa yog’och, taxta, gaz aniqlanadi. Mahsulotlar xilma-xil va xossasi turli-tuman bo’lganidan ularni yagona moddiy naturada aniqlab bo’lmaydi, aytaylik xizmatlarning umumiy o’lchami yo’q. Masalan, o’qitish yoki davolash xizmatini tonna, metr, kubometr orqali o’lchab bo’lmaydi. Shu sababli ularning ko’lami (hajmi, miqdori, soni) pul bilan, necha pullik xizmat ko’rsatilganiga qarab aniqlanadi. Yalpi ishlab chiqarish (YaICh) hajmi yaratilgan tovarlar (T) va xizmatlar miqdorini (X) ularning bozor narxiga (R) ko’paytmasidan iborat: YaICh= TR+ XR YaIM ni ishlab chiqarish usulida hisoblash uchun tarmoqlar yoki sektorlar bo’yicha guruhlangan barcha mustaqil rezidentlarning yalpi qo’shilgan qiymati (YaQQ) jamlanadi, ya’ni: YaICh - Yalpi ishlab chiqarish, ya’ni mazkur davrda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymati; ORM - oraliq mahsulot, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida to’la iste’mol qilingan tovarlar va xizmatlr qiymati. Milliy hisoblar tizimi metodologiyasiga binoan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymati (YaICh) quyidagilarni o’z ichiga oladi: barcha tovarlar (bevosita o’zining iste’moli, yoki jamg’armasi, shuningdek boshqa institutsional birliklar uchun ishlab chiqarilgan tovarlar, aylanma moddiy g’amlamalar o’simi); boshqa institutsional birliklarga, xususan davlat boshqaruv organlari va notijorat tashkilotlariga ko’rsatilgan xizmatlar qiymati; uy xo’jaligi va yashash uchun ko’rsatilgan zarariy xizmatlar qiymati. Tekin xizmat (ovqat tayyorlash, kir yuvish, uy xo’jaligi uskunalarini ta’mirlash, supurish kabi)lar qiymati YaICh qiymatiga qo’shilmaydi. Oraliq mahsulot (ORM) - bu mazkur davr mahsulotini (xizmatini) ishlab chiqarish maqsadda to’liq iste’mol qilingan mahsulot yoki xizmatdir. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: xom ashyo va materiallar, yoqilg’i, energiya, urug’lik, ozuqa, oziq-ovqat mahsulotlari, medikamentlar, maxsus kiyim-kechaklar va boshqalar; boshqa institutsional birliklar va ayrim shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar va xizmatlr uchun to’lovlar (transport xizmati, ta’mirlash, aloqa, hisoblash markazlari xizmati, reklama, bank, sug’urta, yuristlar xizmati va h.k.); xizmat safari to’lovlari. ORM xaridorlar sotib oladigan bahoda hisoblanadi. YaIM pirovard mahsulot va xizmatlarni anglatadi, ya’ni iste’molga, tayyor hayotiy ne’matlarni bildiradi. Shu sababli qayta ishlash va qaytadan sotishga mo’ljallangan mahsulotlar, ya’ni oraliq mahsulot qo’shilgan qiymat (QQ) tarkibiga kirmaydi. Qo’shilgan qiymat bilan oraliq mahsulotning yig’indisi yalpi ishlab chiqarishga teng bo’ladi. Qo’shilgan qiymat (QQ) deganda bozor bahosida yangidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar yig’indisi tushuniladi. Uning tarkibiga iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar kirmaydi. YaICh, ORM va QQ larning qanday shakllanishi jarayonini kostyum ishlab chiqarish misolida ko’rib chiqamiz (13.1 - jadval). Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling