Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet167/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Yalpi jamg’arma YaIMning tarkibiy qismidir. U joriy davrda ishlab chiqarilgan, ammo shu davrda iste’mol qilingan tovar va xizmatlarning xarid qilingan sof qismidir. YaJ quyidagicha hisoblanadi:

YaJ=AK+MAM+QBB


bu erda,
AK - asosiy kapitalning yalpi jamg’armasi;
MAM- moddiy aylanma mablag’lar g’amlamalarining qoldiq qismi (+,-); QBB - sof xarid qilingan qimmat baho buyumlar.
Asosiy kapitalning yalpi jamg’armasi (AK) - bu kelgusida yangi daromad yaratish maqsadida yangi asosiy fondlarni xarid qilish uchun ajratilgan mablag’dir:
AK=AFso-AFichch
bu erda,
AFso- yangi asosiy fondlarni sotib olish uchun ajratilgan mablag’lar;
AFichch- joriy davrda ishlab chiqarish safidan chiqarilgan asosiy fondlar qiymati;
Moddiy aylanma mablag’lar g’amlamalarining o’zgarish (MAM) quyidagicha aniqlanadi:
MAM=ICh§+TICh+TM+ST
bu erda,
ICh§ - ishlab chiqarish g’amlamalari qiymatining o’zgarishi (+,-); TICh - tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatining o’zgarishi (+,-); TM - tayyor mahsulot qiymatining o’zgarishi (+,-);
ST - takror sotish uchun mo’ljallangan tovarlar qiymati (+,-).
Sof xarid qilingan qimmat baho buyumlar (QBB) - bu yangi iqtisodiy kategoriya bo’lib milliy hisoblar tizimida 1993 yildan boshlab paydo bo’ldi. Qimmatli buyumlar ishlab chiqarish yoki iste’mol maqsadida emas, balki ulardagi qiymatning qadrini saqlab qolish maqsadda xarid qilinadi. QBBlar qadri vaqt o’tishi bilan oshsa oshadi-ku, ammo kamaymaydi. Bularga qimmatli metallar va toshlar, zargarlik buyumlar, antikvarlar, har xil kollektsiyalar va boshqalar kiradi.
    1. Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni o’zgarmas bahoda hisoblash tartibi


YaIMni joriy bozor baholarida hisoblash: iqtisodiyotning tarkibini; iste’mol va jamg’arma o’rtasidagi nisbatni; YaIM bilan davlat byudjetidagi kamomadni; YaIM bilan davlatning qarzi kabi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi. Ammo joriy bahoda hisoblangan YaIMning qiymati iqtisodiyotning haqiqiy holatini to’g’ridan-to’g’ri aks ettira olmaydi.


Chunki mahsulot va xizmatlar hajmi o’zgarmagan yoki kamaygan hollarda ham narxning oshishi evaziga YaIMning o’sishi sodir bo’lishi mumkin. Vaholanki, jamiyatning ehtiyojini faqat moddiy shakldagi mahsulot qondiraoladi. Iste’mol uchun mahsulotning o’zi kerak. Mahsulot yoki xizmatning necha pul turishiga emas, uning miqdori va sifatiga qarab iste’mol yuz beradi.
YaIMning haqiqiy dinamikasi to’g’risida tasavvur hosil qilish uchun uni hisoblashda baho ta’sirini bartaraf etish, ya’ni YaIMning fizik hajmi indeksini hisoblash zarur.
U quyidagicha hisoblanadi:

bu erda,
q1 p0
Jq q p


Jq - YaIMning fizik hajmi indeksi;
q0 va q1 - bazis va joriy davrda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar hajmi(natural o’lchovda);
R0 - ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bazis davrdagi bahosi;
q1p0- joriy davrda jami ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymati (bazis baholarda);
q0p0 - bazis davrda jami ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymati.
Bu indeksni hisoblashda baho o’zgarishsiz olinadi. Ya’ni, har ikkala davr uchun ham bazis davrdagi baho (Ro) qatnashadi.
YaIMning fizik hajmi indeksi iqtisodiy o’sish, yoki kon’yunkturadagi tebranishlarni tavsiflovchi muhim ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. Aynan shu ko’rsatkich YaIM hajmining haqiqiy o’zgarishini, ishlab chiqarilgan yoki iste’mol qilingan mahsulot (tovarlar va xizmatlar) hajmini ifodalaydi.
YaIMni va uning ayrim unsurlarni o’zgarmas bahoda hisoblashning quyidagi usullari mavjud: baho indeksi yordamida YaIM deflyatorini hisoblash; ikki martalab deflyatorni hisoblash; YaIMning fizik hajmi yordamida bazis davrdagi ko’rsatkichlarni ekstrapolyatsiya qilish; xarajat unsurlarini qayta baholash.
Bu usullarni qo’llash yordamida YaIM ning nominal va real qiymatlari aniqlanadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling