Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dinamika qatorlarini o’rganishning boshqa statistik metodlari
- 7.9-jadval.
- 7.11-jadval
7.8-jadval.
1. У t = 66,53+1,18•(-7)=66,53-8,26=58,27 mln.so’m 2. У t = 66,53+1,18•(-6)=66,53-7,08=59,45 mln.so’m 3. У t = 66,53+1,18•(-5)= 66,53-5,90=60,63 mln.so’m va h.k. Dinamika qatorlarini o’rganishning boshqa statistik metodlariMavsumiylikni aniqlash va o’lchash Bizga ma’lumki, ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish va ayniqsa ularni iste’moli mavsumga bog’liq. Masalan, go’sht va go’sht mahsulotlari iste’moli qish oylarida ancha yuqori, issiqlik energiyasi sarfi yoz oylarida qishga nisbatan ancha kam, qishloq xo’jalik mahsulotlarining iste’moli va ayniqsa ularni qayta ishlash masalalari ham mavsumiy xarakterga ega, dehqon bozoridagi mahsulotlarga bo’lgan narxlarni olib qarang, ayrim oylarda ularning narxi mavsum oylarga nisbatan 6-8 barobar (undan ham ortiq bo’lishi mumkin) yuqori. Mavsumiylik nega o’rganiladi? Bu muammoni o’rganish juda katta ahamiyatga ega. Birinchidan, ishlab chiqaruvchilar biznes-rejani tuzayotganda shu korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotga talabning eng yuqori darajasi qaysi oylarga to’g’ri kelishini bilishadi; ikkinchidan, tadbirkorlar qishloq xo’jalik mahsulotlarini xarid qilishga va ularni qish oylarida saqlashga tayyorgarlik ko’radilar; uchinchidan makroiqtisodiy darajada rejalar tuzilayotganda (ayniqsa, investitsiya masalalari bo’yicha) tarmoqlarni rivojlanish istiqbollariga e’tibor beriladi; to’rtinchidan, eng asosiysi, etishtirilgan mahsulotni (qishloq xo’jalik mahsulotlarini ko’proq nazarda tutayapmiz) iste’molchilarga etkazib berishda tabiiy va notabiiy yo’qotishlar kamaytiriladi (ayrim olimlarning hisob-kitobiga qaraganda daladan dasturxongacha bo’lgan masofada 35-40% mahsulot yo’qotilar ekan). Demak, yuqorida keltirilgan dalillarga binoan dinamika qatorlarini tahlil qilishda mavsumiylikni o’rganish va o’lchash eng muhim vazifalardan biri ekan. Mavsumiylikni o’rganish va o’lchash uchun yaratilgan statistik metodlarning ayrimlarini ko’rib chiqamiz. Mavsumiylik indeksi. Umumiy ko’rinishda bu indeks dinamika qatorining boshlang’ich ma’lumotlari (empirik) asosida hisoblangan hadlarni (Ui) nazariy hadga (У ) nisbati bilan aniqlanadi: J Уi 100 M У bu erda: JM – mavsumiylik indeksi; Ui – oylik boshlang’ich ma’lumot; o’rtacha oylik daraja, ya’ni У (Уi : n) . Bir yilning oylari bo’yicha hisoblangan bu indeks, tebranishlar qonuniyatini aniqlashda juda ham past ishonchli, chunki tasodifiy omillar ta’siri yuqori bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham statistikada, odatda, uch yillik ma’lumotlar asosida bu indeksni hisoblashadi. 7.9-jadval.Oziq-ovqat do’konining bir kunlik tovar aylanmasi (ming so’m)
7.10 - jadval Oziq-ovqat do’konida mavsumiylik indeksi
Mavsumiylik indeksini hisoblash uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz. 7.9-jadvalda oziq-ovqat do’koni bo’yicha keltirilgan. Ma’lumotlar asosida har bir oy uchun o’rtacha darajani hisoblaymiz (Уi ): Уi Ui:n Январ учун Уi 178 183 95 456 152,0 минг су(м 3 3 Феврал учун Уi 109 179 176 464 154,7 минг су(м ва х.к. 3 3 Endi barcha oylar uchun birgalikda o’rtacha oylik daraja aniqlanadi (У ) . Bizni misolimizda У Уi 36 ёки У У . 12 Hisoblab ko’ramiz: 1. У Уi 6381 177,2 минг су(м 36 36 У Уi 152,0 154,7 183,0 181,0 207,0 197,7 2. 12 12 179,7 184,0 177,0 176,3 157,0 2127,1 177,2минг сум 12 12 Barcha oylar uchun hisoblangan umumiy o’rtacha daraja (177,2) mavsumiylik indeksini aniqlayotganda taqqoslanishning o’zgarmas bazasi sifatida ishlatiladi. Mavsumiylik indeksini quyidagicha hisoblaymiz: Yanvar Jm=(Ui:U)•100=(152,0:177,2)•100=85,8% Fevral Jm=(154,7:177,2)•100=87,3 % va h.k. Barcha hisoblangan indekslar 9.10-jadvalning oxirgi ustunida keltirilgan. Bu olingan natijalar (indekslar)ning yaqqolligini namoyon qilish uchun ularni grafiklarda tasvirlaymiz (7.1-rasm). 7.1-rasm. Oziq-ovqat do’koni tovar oborotining mavsumiylik to’lqini. O’rtacha mavsumiylik indeksi. Bu indeksni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi. Har bir yil uchun mavsumiylik indekslari hisoblanadi. Masalan, 2004 yil uchun: yanvar Jm=(95:172,6)•100=55,0%; fevral 102% (176:172,6)•100 va h.k. Qolgan barcha ma’lumotlar 7.11-jadvalda keltirilgan. 7.11-jadvalOziq-ovqat do’konida o’rtacha mavsumiylik indeksi
Shu jadval ma’lumotlari asosida 2002-2004 yillarning har bir oyi uchun alohida o’rtacha mavsumiylik indekslarini hisoblaymiz. Январ 101 100,1 55,0 256,1 85,4 % 3 3 Феврал 61,8 97,9 102,0 261,7 87,2 % 3 3 Март 102,7 100,7 106,6 310,0 1033 %х.к. 3 3 7.10 va 7.11 jadvallarda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, mavsumiylik indekslari deyarli bir xil. Bu turli yillar uchun oylik darajalar nisbatan bir tekisda bo’lganligidan dalolat beradi. Ikkala jadvalda keltirilgan mavsumiylik indekslarini juda diqqat bilan kuzatilsa, ikkinchi usulda rivojlanish tendentsiyasi aniqroq ko’zga tashlanadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling