Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi analitik kimyo
Uchinchi analitik guruh kationlarining umumiy tavsifi
Download 162.09 Kb.
|
kurs ishi Gullola
Uchinchi analitik guruh kationlarining umumiy tavsifiUchinchi guruh kationlari A l3+, Cr2+, Z n 2+, Fe2+, Fe3+, C o2+, N i2+, Mn2+ ionlari kiradi. Bu guruh kationlari birinchi va ikkinchi analitik guruh kationlaridan tegishli sulfidlarining suvda erimasligi bilan farq qiladi. Lekin ularning sulfidlari suyultirilgan kislotalarda eriydi. Ularning to ‘ rtinchi va beshinchi guruh kationlaridan farqi ham shunda. Uchinchi guruh kationlari bilan ishlanganda ular tuzlarining gidrolizi, gidroksidlarining amfoterligi, oksidlanish darajasining o ‘zgarishi kabi kimyoviy o ‘zgarishlarga duch kelishi mumkin. Uchinchi guruh kationlar pH = 8 — 9 b o‘lganda ammoniyli bufer aralashma ishtirokida, t° С = 60—70° С da guruh reagenti (N H 4)2S ta’sirida cho‘ktiriladi. Guruh kationlarining ko'pchiligi sulfidlar - Fe2S3, FeS, M nS, C oS, NiS, ZnS holida, aluminiy va xrom ionlari gidroksidlar — A l(O H )3, C r(O H ) 3 k o‘ rinishida ch o‘kadi. Chunki (N H 4) 2S gidrolizlanishi natijasida hosil bo'ladigan OH " ionlari konsentratsiyasi [a P H O H - ] > , [Cr3+][O H " f > EKCt(q H) bo'lishi uchun yetarli. Shuning uchun A l(O H ) 3 va Cr(OH)3 cho‘ kmalari hosil bo‘ladi. Masalan: (N H 4)2S + 2H20 = H 2S + 2N H 4OH A1C13 + 3NH4OH = -lA l(O H ) 3 + 6NH4C1 + 3H 2S 2A1C13 + 3(NH4)2S + 6H 20 = 12A1(0H) 3 + 6N H 4C1 + 3H2S Hosil bo'lgan gidroksidlar ham asos, ham kislota xossasiga ega b o‘ lib, amfoter moddalar deyiladi: Al(OH)3 + 3HC1 = A1C13 + 3H20 Al(OH)3 + N aO H = NaA102 + 2H20 Ularning bu xossasidan foydalanib kationlarni bir-biridan ajratish mumkin. Uchinchi guruh kationlari uchun muliim bir xossa — oksidlanish darajalarining o ‘zgarishi. Ularning bu xossalaridan foydalanib ham ayrim kationlarni ochish mumkin. Masalan: 2M nS04 + 5 N a B i0 3+ 16HN03 = = 2 H M n 0 4+ 5 N aN 0 3+ 5B i(N 03)3+ 2Na2S 0 4 + H20 M n+2 — — — > M n+7 I 5 | 2 oksidlanish Bj+5 — +2e— ^ Bi+3 | 2 | 5 qaytarilish 2Mn2+ + 5NaBi03 + 14H+ = 2MnO~+5Bi3+ + 5Na+ + 7H20 Kompleks birikmalaming hosil bo‘lish reaksiyalaridan, uchinchi guruh kationlari uchun sezgir va xususiy reaksiyalar sifatida foydalanish mumkin. Masalan: Fe2+ ionini turnbul ko'ki Fe3[F e(C N )6]2, Fe3+ ionini berlin lazuri Fe4[F e(C N ) 6]3 kompleks tuzlari ko‘ rinishida aniqlanadi. Uchinchi guruh kationlari aralashmasining analizida ayrim reaksiyalarga xalal beruvchi ionlarni niqoblashda (kompleks birikmalar mavzusiga qarang) foydalaniladi. Uchinchi guruh kationlarining xususiy reaksiyalari 8-jadvalda keltirilgan.Download 162.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling