Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi analitik kimyo
Sistemali vodorod sulfid usulida analiz qilish sxemasi
Download 162.09 Kb.
|
kurs ishi Gullola
Sistemali vodorod sulfid usulida analiz qilish sxemasi.Kationlarning uchinchi anaiitik guruhi boshqa guruh kationlaridan guruh reagenti yordamida ajratiladi. Kuchsiz ishqoriy muhitda, ya’ni pH =9,2 da uchinchi anaiitik guruh kationlariga, ammoniyli bufer aralashma N H 40 H + N H 4C1 ishtirokida amm oniy sulfid ta’sir ettirilsa, kationlar sulfidlar va gidroksidlar holida ch o‘kmaga tushadi. Kolloid hosilbo ‘lishining oldini olish uchun cho'ktirish qizdirish orqali olib boriladi. Analiz quyidagi sxema bo'yicha bajariladi:1.2.Uchinchi guruh kationlari aralashmasining analizi Uchinchi guruh kationlariga Al3+, Cr2+, Zn2+, Fe2+, Fe3+, Co2+, Ni2+, Mn2+ ionlari kiradi. Bu guruh kationlari birinchi va ikkinchi analitik guruh kationlaridan tegishli sulfidlarining suvda erimasligi bilan farq qiladi. Lekin ularning sulfidlari suyultirilgan kislotalarda eriydi. Ularning to'rtinchi va beshinchi guruh kationlaridan farqi ham shunda. Uchinchi guruh kationlari bilan ishlanganda, ularning tuzlarining gidrolizi, gidroksidlarining amfoterligi, oksidlanish darajasining o'zgarishi kabi kimyoviy o'zgarishlarga duch kelish mumkin. Uchinchi guruh kationlari rN q 8 - 9 bo'lganda ammoniyli bufer aralashma ishtirokida, t0S q 60 - 700S guruh reagenti (NH^S ta'sirida cho'ktiriladi. Guruh kationlarining ko'pchiligi sulfidlar - Fe2S3, FeS, MnS, CoS, NiS, ZnS holida, alyuminiy va hrom ionlari gidroksidlar - Al(OH)3, Cr(OH)3 ko'rinishida cho'kadi. CHunki (NH4)2S gidrolizlanishi natijasida hosil bo'ladigan ON- ionlari kontsentratsiyasi [Al3+][<9Я]3>ЭКАкон'ъ, 3+][<9Я]3>ЭКСгbo'lishi uchun etarli. Ana shuning uchun Al(OH)3 va Cr(OH)3 cho'kmalari hosil bo'ladi. Masalan: (NH4)2S + 2H2O = H2S + 2NH4OH 2AlCl3 + 3(NH4)2S + 6H2O = ^2Al(OH)3 + 6NH4Cl + 3H2S Bu hosil bo'lgan gidroksidlar ham asos, ham kislota hossasiga ega bo'lib, amfoter moddalar deyiladi. Al(OH)3 + 3HCl = AlCl3 + 3H2O Al(OH)3 + NaOH = NaAlO2 + 2H2O ularni bu hossasidan foydalanib kationlarni bir-biridan ajratish mumkin. Uchinchi guruh kationlari uchun muhim bir hossa - oksidlanish darajalarining o'zgarishi, ularning bu hossalaridan foydalanib ham ayrim kationlarni ochish mumkin. Masalan: 2MnSO4+5NaBiO3+16HNO3=2HMnO4+5NaNO3+5Bi(NO3)3+2Na2SO4+H2O Mn+2 —е> Mn+7 | 5 | 2 oksidlanish Bi+5 —'2> Bi+3 | 2 | 5 qaytarilish 2Mn2+ + 5NaBiO3 + 14H+ = 2MnO4- +5Bi3+ + 5Na+ + 7H2O Kompleks birikmalarning hosil bo'lish reaktsiyalaridan, uchinchi guruh kationlari uchun sezgir va hususiy reaktsiyalar sifatida foydalanish mumkin. Masalan: Fe2+ ionini turnbul ko'ki Fe3[Fe(CN)6]2, Fe3+ ionini berlin lazuri Fe4[Fe(CN)6]3 kompleks tuzlari ko'rinishida aniqlanadi. Uchinchi gruppa kationlaridan past oksidlanish darajadagi holatlarida Mn2+, Cr3+ va Fе2+ ionlari o’zidan elektron berib, boshqa moddalarni qaytara oladi. Uchinchi gruppa kationlarining sulfidlari va gidroksidlari qolloid eritmalar hosil qilishga moyil, bunday eritma hosil bo’lishi tufayli cho’kma hosil bo’lmaydi yoki eritmani tsentrifugalash yuli bilan undan cho’kmani ajratish mumkin bo’lmay qoladi. Xususan , mishyak va nikel sulfidlari va temir gidroksidlarning qolloid eritmalari juda barqarordir. Ma‘lumki, uchinchi gruppa kationlari (Fe2+, Fe3+, Cr3+, AI3+, Ni2+, Co va xokazo) ning gidroksidlari kuchsiz asoslar bo’lib, ularning xar qanday tuzlari gidrolizga uchraydi. Bu kationlarning kuchli Kislotalar (НСI, НNО3, Н2SО4) bilan hosil qilgan tuzlari ko’p tarqalgan bo’lib, ularning suvdagi eritmalari Kislotali muhitga ega. Shuning uchun ham uchinchi gruppa kationlarini cho’ktirishdan oldin eritmani ishqor yordamida neytrallash zarur. Kuchsiz Kislotalarning (Н2SО3, Н3РО4 , Н2S) uchinchi gruppa kationlari bilan hosil qilgan tuzlari suvdagi eritmalarda deyarli mavjud emas. Uchinchi gruppa kationlari ikki gruppachaga ajraladi. (NH4)2S ta‘sirida : a) sulfidlar holida cho’kadigan kationlar; b) gidroksidlar ko’rinishida cho’kmaga tushadigan kationlar (AI3+, Cr3+,). CHunki (NH4)S ning gidrolizlanishi natijasida hosil bo’ladigan ОН- ionlari kontsentratsiyasi [AI3+] [ ОН-]3> EKАI(OH)3 [Cr3+] [ ОН-]3> EKCr(OH)3 bo’lishi uchun yetarli. Ana shuning uchun AI(OH)3 va Cr(OH)3 cho’kmalari hosil bo’ladi. Qolgan kationlarning gidroksidlari esa sulfidlariga nisbatan yaxshi eruvchan suvli eritmadagi AI3+ ionining (NH4)2S ta‘sirida AI(OH)3 hosil qilib cho’kishi protsessini quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin : (NH4)2S + 2НОН ↔ Н2S + 2 NH4ОН AIСI3 + 3 NH4ОН ↔ AI(OH)3 + 6 NH4СI + 3 Н2S yoki 2 AIСI3 + 3(NH4)2S + 6НОН = AI(OH)3 + 6 NH4СI + 3 Н2S Download 162.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling