Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan


Nitrat kislotani kontsentrlash. Ikki usul bilan amalga oshiriladi


Download 46.54 Kb.
bet7/12
Sana16.06.2023
Hajmi46.54 Kb.
#1517830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Konsentrlangan nitrat kislota olinishi

Nitrat kislotani kontsentrlash. Ikki usul bilan amalga oshiriladi:
Nitrat kislotani kontsentrlash. Ikki usul bilan amalga oshiriladi:
1. Suvni tortib oluvchi moddalar yordamida kontsentrlash;
2. Nitrat kislotaning to`g`ri sintezi.
Birinchi usulda nitrat kislotani haydash (distillash) yo`li bilan kontsentrasiyasi oshiriladi. Ammo nitrat kislota suv bilan azeotrop aralashma hosil qilganligi sababli bu usulda amalda 65 %dan yuqori kontsentrasiyali kislota olib bo`lmaydi. SHuning uchun ham suvni tortib oluvchi moddalar: kontsentrlangan sul'fat kislota yoki magniy nitrat tuzi aralashtirib haydash orqali kontsentrlanadi. Ammo bu usulda 1 t. Nitrat kislotani kontsentrlash uchun 3-4 t. H2SO4 sarflanadi.Umuman bu usul iqtisodiy jihatdan norentabel bo`lib,keyingi yillarda ancha rentabelli usul, nitrat kislotasini to`g`ri sintezlash keng tarqalmoqda.

Kontsentrlangan nitrat kislotasining to`g`ri sinztezi.
Kontsentrlangan nitrat kislotasi olishning suyuq kislota olishdan asosiy farqi nitroza gazlaridan suyuq N2O4 ni ajratib olishdir. Atmosfera bosimida olingan nitroza gazlari, foydalanish qozonidan o`tgach tarkibidagi suvni yo`qotish uchun tez suratda sovutiladi.Buning uchun (69-rasm) nitroza gazlari suvli tez sovutgich (1) orqali o`tadi. Undan suvning ko`p qismi 3 %li nitrat kislotaga aylanib tushadi, qolgan qismi esa sovutgichda (2) kondensatlanadi, so`ngra ventilyator (3) (gaz yoki havo haydovchi,shamollatib turuvchi asbob) bilan ichida keramik halqalardan nasadkasi bo`lgan oksidlash oksidlash minorasiga (4) olib beriladi. Unda NO oksidlanib NO2 ga aylanadi (oksidlovchi minorada NO ning NO2 ga oksidlanishi nitroza gazlari tarkibidagi kislorod hisobiga boradi. Reaktsiya past haroratda borishi yuqorida aytilgan), ajralib chiqqan issiqlik minorani sug`orib va aylanib turuvchi 50 %li nitrat kislotasi bilan olinib turiladi. 50 %li nitrat kislota azot oksidlari bilan o`zaro ta'sirga uchramaydi-birikmaydi. Oksidlanmay qolgan NO dookislitel'da (5) 98 %li nitrat kislotasi bilan oksidlanadi.
NO+2HNO3= 3NO2 +H2O-136,2kJ
hosil bo`lgan NO2 (oksidlanish minorasida va dookislitel'da hosil bo`lgan NO2 birgalikda) sho`roba sovutgichlarda (6)-100S gacha sovutilib ko`p qismi suyuq qolga o`tkaziladi. qolgan ozroq qismi yuttirish minorasida -100C gacha sovutilgan 88 %li nitrat kislotasida eritib olinadi (98 %li nitrat kislota NO2 ni o`ziga yaxshi eritadi va nitrooleumga aylanadi. So`ngra u 75-800S gacha qizdirilsa yana NO2 ni ajratib chiqaradi ) yuttirish minorasidan (8) oqib tushgan nitrooleum, avtoklavda qosil bo`lgan nitrooleum birgalikda oqartiruvchi kolonnaga yuboriladi, binobarinu tashqi tomonda bug` bilan qizdirilib turiladi.Unda bug`lanib chiqqan azot (IV) va qo`sh oksidlari sovutgichga (10) borib yana azot qo`sh oksidiga aylanadi. Oqargan 98 % li nitrat kislota esa tayyor maxsulot hisoblanadi. Uning bir qismi 5 va 8 minoralarni sug`orish uchun yuboriladi, qolgan qismi omborga olinadi. Azot qo`sh oksidi aralashtirgichga (11) boradi va unga 2,4,5 apparatlaridan oqib tushuvchi 55-60 % li nitrat kislota bilan aralashib avtoklavga (12) keladi.(Avtoklav bu moddalarni yuqori bosimda qizdirish uchun ishlatiladigan germetik qopqoqli apparatdir). Bu maqsadda ishlatiladigan avtoklav qalin devorli po`latdan yasalgan tsilindirsimon apparat bo`lib, balandлiгi 8,5 m., ichinning diametri 1m, ichiga korroziyadan mudofaa qilish uchun alyuminiy qoplangan hamda to`r tarelkalar o`rnatilgan va to`r tarelkalarning mayda teshikchalaridan sekin oqib o`tib pastga tushadi.Avtoklavning tubiga toza kislorod ham yuborilgach, natijada qarama - qarshi oqimda yuqoriga ko`tariluvchi kislorod ishtirokida azot qo`sh oksididan nitrat kislota hosil bo`ladi. 1t HNO3 ishlab chiqarish uchun 0,29 t ammiak, 150m3 kislorod, 0,05g. platina,270 kvt/s elektr energiyasi, 0,6t. bug`, 200m3 suv sarflanadi.CHirchiq, Olmaliq, Farg`ona va Navoiydagi nitrat kislota ishlab chi?arish zavodlari respublikamiz ehtiyojini qondirib kelmoqda.Atmosfera xavosi filtr (1)dan o‘tga ch, ikki bosqichli turbokompressor (2)ga o‘tib, 7,3 atomgacha siqilib, 3 qismga bo‘linadi: Havoning asosiy qismi (taxminan 46 ming м3ғsoat) issiqlik (6)ga borib, u yerda 470K (200оС)gacha isib, aralashtirgich (13)ga kiradi. Suyuq ammiak omborxonadan bug‘latgich (15)ga yuborilib, u yerda suv bug‘i hisobiga bug‘latiladi. Bug‘li issiqlik almashgich (14)da ammiak bug‘lari ham ishlatilib, aralashtirgich (13)ga beriladi. Aralashtirgich (13)da hosil bo‘lgan va tarkibida 11,5%gacha ammiagi-ammiak havo aralashmasi kontakt apparati (12)ga yuboriladi. Bu kontakt apparati (12)da quyidagi gomogen , amaliy qaytmas va ekzotermik reaksiya ketadi;

Download 46.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling