Xulosa…………………………………………………………….............………26
Foydalanilgan adobiyotlar………………………………………………………27
Kurs ishining maqsadi va vazifalari;
Bu mavzu orqali,azotni davriy sistemadagi o’rni va atom tuzulishini,tabiatda Tarqalishini, birikmalarini hossalari . Ularga qisqacha tarifni o’rganish mumkin.Eng muhum bu mavzu orqali nitrat kislotaga qisqacha tarif, uning turli usullari bilan olinishi, qanday sohalarda ishlatilishi va hayotimizda ahamiyatini bilib olishimiz mumkin. Bundan tashqari nitrat kislota turli hil birikmalari haqida qoshimcha malumotlarga ega bo’lamiz.
Kurs ishining tarkibiy qismiga kirish, ikkita bob, ularning har biri uch paragrafdan iborat, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar, ilovadan iborat
Xossalari. Kimyoviy toza, suvsiz 100 %li nitrat kislota,- rangsiz suyuqlik, o`tkir hidli, zichligi 1,52 g/sm3, +82,60S da qaynaydi, 41,60Sda muzlaydi. Suv bilan har qanday nisbatlarda aralasha oladi. Suyultirilganda issiqlik chiqishi gidratlar hosil bo`lishidan dalolat beradi (HNO3·H2O, HNO3·2H2O).68,4 %li nitrat kislotasi esa azeotrop aralashma bo`lib 121,90S da qaynaydi (65-rasm), bunda u suv bilan birga qo`shilib haydaladi. Nitrat kislota issiqlik va yorug`lik ta`sirida parchalanadi.
4HNO3 = 2H2O + 4NO2+ O2
Ajralib chiqqan azot (IV) - oksidi kislotada erib, uni qo`ng`ir yoki qizil ( erigan NO2 ning miqdoriga qarab) rangga bo`yaydi. SHuningdek nitrat kislota kuchli oksidlovchidir. U oltin, platina, tantal, radiy, iridiydan boshqa barcha metallarni eritib tegishli nitratlar yoki oksidlarga aylantira oladi. Kontsentrlangan nitrat kislota ayrim metallarni passivlashtiradi. (U sovuq holda temirni passivlashtirishini Lomonov aniqlagan edi.) masalan, temir, xrom, alyuminiylar o`z yuzasini yupqa oksid parda hosil qilib, metalni nitrat kislotasining takror ta`siridan himoya qiladi. SHu xossasidan foydalanib, kontsentrlangan nitrat kislotasi po`lat va alyuminiy bochkalarda yoki rezervuarlarda tashiladi va shu xildagi idishlarda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |